Kun-u tun ishlaydigan 4 ta Apple gadjeti: ularni uxlaganda ham oʻchirmang
Maʼlumki, Apple odatda allaqachon maʼlum boʻlgan texnologiyalarni yanada takomillashtirib amalga tatbiq etadi. Ammo bunday texnologiyalar oʻziga xos nyuans va sirlarga egaki, ularni hatto “uchchiga chiqqan epplchilar” ham bilmaydi. Misol uchun, baʼzi Apple qurilmalarini umuman oʻchirib boʻlmaydi: shunchaki ularda bunday funksiya yoʻq. Buni kamchilik deb atash xato, aksincha qurilmaning oʻziga xos xususiyatidir. Keling, qaysi Apple qurilmalarini oʻchirishga urinishdan naf yoʻqligini koʻrib chiqamiz.
AirPods qanday oʻchiriladi?
Koʻpchilik AirPods foydalanuvchilari qurilmani umuman oʻchirib boʻlmasligidan havotirlanishadi: Apple ularni oʻchirish tugmasisiz ishlab chiqqan. Yaʼni, ularni keysiga joylaganda, 100% gacha zaryad olishni boshlaydi soʻngra kam quvvat isteʼmoli rejimida boʻladi.
Apple naushniklarni keyssiz saqlashni tavsiya etmaydi, chunki bu batareyalarning chidamliligiga taʼsir qilishi mumkin. Gadjetni esa “oʻchirish” uchun shunchaki quvvatini butunlay tugatish, keysni ham zaryadga qoʻymay saqlash kerak boʻladi. Bunda qurilma shunchaki quvvatsiz oʻchadi.
Apple Pencilʼni oʻchirish mumkinmi?
Oʻchirish xususiyatiga ega boʻlmagan boshqa qurilmalardan biri — bu Apple Pencil. Uni ham zaryadini tugatish orqali “oʻchirish” mumkin, ammo 2-avlod qalami, aslida, quvvati butunlay tugashidan himoyalangan va kam quvvat sarfi rejimida boʻladi.
Ammo agar iPadʼga ulangan Apple Pencilʼni Bluetoothʼdan uzib qoʻyish tavsiya etiladi — bu bilan qalam umrini uzaytirish mumkin.
MagSafe qanday ishlaydi?
2020-yildan beri Apple MagSafeʼni iPhone va aksessuarlar uchun taqdim qilmoqda.
Aftidan, MagSafe chexollarining bu yerda nima aloqasi bor, deyishingiz mumkin. Nazariy jihatdan, ular ham aqlli qurilmalar hisoblanadi, chunki iPhoneʼlarning charm hamyoni ham, magnit zaryadlovchi ham texnik yangilanib boradi.
Shular qatoriga MagSafeʼni ham qoʻshish mumkin (haqiqiy MagSafe chexoli kopiyasidan taqilganda telefon ekranida paydo boʻladigan animatsiyasi bilan farq qiladi). Ha, chexol ekranda chiqib turadigan animatsiyadan boshqa “aqlli” funksiyaga ega emas, lekin iPhone chipga tegib turganida paydo boʻladigan animatsiyani oʻchira olmaysiz, chunki u zaryadlashni talab qilmaydi.
AirTag “umrini” qanday uzaytirish mumkin?
AirTag, ehtimol, eng minimalistik va murakkab boʻlmagan Apple qurilmasi boʻlib, u nazariy jihatdan abadiy ishlashi kerakdek. Ammo bunday emas: CR2032 batareyasi odatda taxminan bir yil ishlaydi, undan keyin batareyani oʻzgartirish kerak. Ha, AirTag’ni oʻchirib boʻlmaydi — u har doim kutish rejimida ishlaydi.
Bundan tashqari, iPhone Latitude ilovasida AirTag batareyasining aniq zaryadi koʻrsatilmaydi — faqatgina taxminiy va foizsiz yana qancha xizmat qilish muddati boʻladi.
AirTag — eng bahsli qurilmalardan biri boʻlib, uning zaryadi doimiy ravishda sarflanadi va qachon tugashi haqida bilib boʻlmaydi. Bundan tashqari, qurilmani oʻchirishning faqat bitta usuli bor — batareyani butunlay chiqarib tashlash. Ammo bunda AirTag oʻzi kuzatadigan Apple qurilmalari bilan aloqani yoʻqotadi va uni topa olmaysiz hamda boshqara olmaysiz.
Avvalroq Apple Mixed Reality Pro tasavvur qilish uchun qiyin bo‘lgan maqsadda ishlab chiqilayotgani ma’lum bo‘lgan edi.