Apple Mixed Reality Pro nima maqsadda ishlab chiqilayotgani aniq boʻldi. Lekin buni tasavvur qilish qiyin
Apple kompaniyasining Mixed Reality Pro garniturasi haqda mish-mishlar bir necha yil oldin paydo boʻlgan, biroq qurilmaning nima uchun kerakligi endigina aniq boʻldi. Apple yangi mahsulotini sport, salomatlik va oʻyinlar uchun moslashtirar ekan.
Apple aralash reallikka asoslangan garniturasini iyun oyida bo‘lib o‘tadigan WWDC 2023 taqdimotida namoyish qiladi.
Bu qanchalik qulay?
Bloomberg maʼlumotlariga koʻra, qurilmada asosiy eʼtibor sport uchun maxsus Fitness+ ilovasiga qaratiladi. Eshitish vositasi foydalanuvchilarga virtual instruktorni tomosha qila turib mashq qilish imkonini beradi. Boshga VR qurilmasini taqqan holda sport bilan qanchalik shugʻullana olish mumkinligi borasidagi savollarga esa, hozircha javob yoʻq.
Kompaniya shuningdek, foydalanuvchilarga qandaydir grafika va ovozli kompozitsiya ostida meditatsiya qilish imkonini beruvchi Health ilovasini tayyorlamoqda. Bu yerda ham yana yuqoridagi savol paydo boʻladi: boshdagi katta VR garnitura bilan qanday qilib musiqa ostida uxlash mumkin?
Qo‘shimcha qulayliklari
Asosiy eʼtibor MLB va MLS sport ligalari bilan bogʻliq kontentni immersiv koʻrishga qaratiladi hamda virtual haqiqatda videolarni koʻrish uchun maxsus televideniye ilovasi ham taqdim etiladi.
FaceTime xizmati Memoji uslubidagi avatarlar va virtual konferensiya xonalariga ega boʻladi. Shuningdek, qurilma rejasida virtual haqiqatga moslashtirilgan kitoblar ham bor ekan.
Brauzer, kontaktlar, xabarlar, eslatmalar va boshqalar kabi odatiy ilovalar yangi qurilma uchun moslashtiriladi.
Oʻyinlar haqida esa shubha boʻlishi mumkin emas — VR garnituralarni hozirda oʻyinlarsiz tasavvur qilib boʻlmaydi.
Ma’lumot uchun, Apple virtual olamga kirish uchun tayyorlanayotgani va Apple Mixed Reality garniturasi texnologik “bomba” boʻlishi aytilgan edi.