Qanday qilib firibgarlar iPhoneʼningizni qo‘lga kiritishadi?

Ma’lum bo‘lishicha, hozirda iPhone o‘marish usullari ancha “takomillashgan” bo‘lib, birgina blokdan ochish parolini bilish orqali Apple IDʼni buzib kirish mumkin. Natijada smartfon egasi telefonidan butunlay umid uzsa boʻladi. Shu sababli, iPhone o‘g‘rilari smartfon egasining parolini bilib olish uchun rang-barang usullardan foydalanishmoqda.

The Wall Street Journal yozishicha, parolni koʻrib olgandan soʻnggina sodir qilinadigan oʻgʻriliklar soni tobora oshib bormoqda. 

Tadqiqot uchun intervyu berilgan jabrlanuvchilarning barchasi tunda ovqatlanish joylari va boshqa jamoat joylarida muloqot qilayotganda iPhone smartfonlari oʻgʻirlanganini aytishgan. Jabrlanuvchilar, shuningdek, atrof qorongʻi boʻlgani uchun parolni qoʻlda terganini ham taʼkidlagan.

iPhone parolini bilgan oʻgʻri, Face ID yoki Touch ID yoqilgan boʻlsa ham, Sozlamalar orqali jabrlanuvchining Apple ID parolini osongina o‘zgartirishi mumkin. Keyinchalik u qurilmadagi Find My iPhone funksiyasini oʻchirib qoʻyadi, bu esa qurilma egasiga smartfoni joylashuvini kuzatishga yoki uni iCloud orqali masofadan oʻchirishga yoʻl qoʻymaydi.

WSJ jurnalisti Joanna Stern qurbonlardan biri bilan suhbatlashganida, jabrlanuvchi oʻgʻrilar uning smartfonini tortib olganlaridan keyin uch daqiqa ichida Apple ID parolini oʻzgartirganini aytgan. Soʻngra oʻgʻrilar Apple Pay orqali minglab dollarlarni oʻmarishga muvaffaq boʻlgan.

“U bularning barchasini bitta kirish kodi bilan amalga oshirgan”, dedi jabrlanuvchi. 

Qayd etilishicha, oʻgʻrilar koʻpincha guruh boʻlib ishlaydi: biri jabrlanuvchini chalgʻitadi, ikkinchisi esa parolni kiritish chogʻida uni yodlab oladi. Jinoyatchilar telefon raqami yoki ijtimoiy tarmoq akkauntini yozib olish uchun smartfonni blokdan chiqarishni soʻrash maqsadida jabrlanuvchining ishonchini qozonishga urinish holatlari ham mavjud. Bunda, ular gadjetni oʻgʻirlashdan oldin kirish kodini koʻrishadi va eslab qolishadi.

Shunday holatlardan biri: Reddit forumi foydalanuvchisi kuryer unga iPhone 14 Pro Max va Apple Watchʼni oʻgʻirlab ketganidan soʻng shikoyat qilganida, Apple kompaniyasi buyurtma pulini qaytarishdan bosh tortganini maʼlum qilgandi.

Hozirda telefon oʻmaruvchilari yanada “ilgʻorlashib” smartfondan tasodifiy yaratiladigan 28 belgidan iborat kodni yoqib Apple IDʼga qayta kirish uchun foydalanishmoqda.

Apple veb-saytida ogohlantirilishicha, ishonchli qurilmalar va tiklash kalitiga kirish huquqini yoʻqotish bilan “siz oʻz hisobingizga kirish huquqidan abadiy mahrum boʻlasiz”.

iPhone xavfsizligidagi mazkur “qora tuynuk” shuni anglatadiki, telefoningiz qanchalik ishonchli himoyalangan boʻlmasin, jamoat joylarida Face IDʼdan foydalanish va uni begona kishilarga bermaslik tavsiya etiladi.

Avvalroq iPhone 15 Proning sifatli render rasmlari va texnik xususiyatlari haqida xabar berilgan edi. 

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04