Apple 2024 yil kuzgi taqdimoti 9-sentabrda bo‘lib o‘tadi, iPhone 16 taqdim etilishi kutilmoqda

Apple bugun o‘zining kuzgi taqdimoti 9-sentabr, dushanba kuni Kaliforniyaning Kupertino shahridagi Apple Park kampusida bo‘lib o‘tishini e'lon qildi.

Apple yaqinda rasmiy tadbir uchun taklifnomalar yubordi. Ushbu maxsus tadbir Toshkent vaqti bilan 2024 yil 9-sentabr kuni soat 22:00 da bo‘lib o‘tadi. Tadbirda iPhone 16 seriyali yangi telefonlar, yangi Apple Watch soatlari va yangi AirPods quloqchinlari taqdim etilishi kutilmoqda.

Mish-mishlarga ko‘ra, iPhone 16 Pro modelining ekrani 6.1 dyuymdan 6.3 dyuymgacha, iPhone 16 Pro Max modeli esa 6.7 dyuymdan 6.9 dyuymgacha kattalashishi kutilmoqda. Standart iPhone 16 modellari esa o‘zgarishsiz qoladi: iPhone 16 6.1 dyuym, iPhone 16 Plus esa 6.7 dyuym o‘lchamda bo‘ladi.

Boshqa mahsulotlar haqida gapiradigan bo‘lsak, mish-mishlarga ko‘ra, Apple Watch Series 10 seriyasi katta ekran bilan chiqadi (Apple Watch Ultra'ga yaqin kattalikda), shuningdek, ingichka va yengil dizayn hamda tezroq ishlaydigan protsessorga ega bo‘ladi.

AirPods 4 quloqchinlari esa ikki xil versiyada chiqarilishi kutilmoqda va ular hozirgi AirPods 2 va AirPods 3 modellari o‘rnini egallaydi.

Ushbu ikki versiya quyidagi jihatlari bilan farq qiladi:

- AirPods 4 standart modeli: AirPods 2 o‘rnini bosadi, simsiz zaryadlash imkoniyati yo‘q va passiv shovqin izolyatsiyasiga ega.

- AirPods 4 yuqori modeli: AirPods 3 o‘rnini bosadi, simsiz zaryadlash imkoniyatiga ega va faol shovqin izolyatsiyasi bilan jihozlangan (quloq ichiga yarim kiradigan faol shovqin izolyatsiyasi).

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'plib bo'ldi
Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Texnologiya
21 iyun, 12:35
Google qidiruv tizimida zaiflik aniqlandi: Apple va Microsoft veb-saytlariga soxta telefon raqamlar kiritilgan
Google reklama platformasidagi zaiflikdan foydalangan firibgarlar Microsoft, Apple, HP va PayPal kabi dunyoga mashhur kompaniyalarning rasmiy veb-saytlariga mijozlarga yordam ko'rsatish raqamlari o'rnida soxta raqamlar joylashtirgan.
Ijtimoiy tarmoqlar
20 iyun, 14:07
Google smart soatlariga zilzila ogohlantirishini qo'shmoqda
Google kompaniyasi Android tizimida ishlaydigan zilzila ogohlantirish funksiyasini kengaytirish rejalari haqida xabar berdi. Endi bu funksiya nafaqat smartfonlar, balki Wear OS smart soatlarida ham ishlaydi.
Lifestyle
13 iyun, 16:42
Android 16: Asosiy Yangiliklar va Xususiyatlar
Android 16 odatdagidan ertaroq chiqadi - 2025-yilning 2-yarim yilida (ehtimol iyun oyida).
Texnologiya
11 iyun, 10:25