Nega Apple minglab MacBookʼlarni metallolomga chiqarib yuboradi?

Apple doimo oʻz gadjetlarining ekologik xavfsizligi haqida aytib kelgan. Buni qarangki, har bir Macbook, iPhone yoki iPad boshqa egalari tomonidan tashlab yuborgan qurilmalardan yasalar ekan. Hattoki M1 MacBook Air korpusi aynan xuddi shunday makbukdan qayta yasalgan deb hech kim oʻylamagandi!

Maʼlum boʻlishicha, epplchilar oʻzlarining talablari tufayli Macbookʼlarning katta partiyasini qayta ishlagan. Zero, qulflanib qolgan makbuklarni tekinga bersangiz ham hech kim olmaydi. Quyida Apple nima uchun ishlab turgan gadjetlarni foydalanishga bermasdan qayta ishlashi sirini maʼlum qilamiz.

Hammamiz Apple mahsulotlari qanchalik ishonchli ekanligi haqida eshitganmiz. Ammo xavfsizlik tizimi tufayli qurilmalardan faqat bir kishi foydalanishi mumkinligi haqida hech eshitganmisiz? Bu MacBookʼlar ishonchsiz degani emas — shunchaki maxfiylik xususiyatlari tufayli tizimga kirib boʻlmay qolishi uchraydigan holatlar mavjud.

MacBook xavfsizligi

Macbook taʼmirchisi Jon Bumstead qiziqarli maʼlumotlar bilan oʻrtoqlashdi. Maʼlum boʻlishicha, M1da ishlatilgan MacBookʼlar iCloud faollashtirish blokirovkasi tufayli qayta ishlashga yuborilgan. Gap davlat tashkilotlari va maktablarda qoʻllaniladigan, maʼlum vaqtdan keyin metallolomga yuboriladigan qurilmalar haqida bormoqda. Shu bilan birga, ularning holati deyarli mukammal boʻladi, chunki ularning materinskaya platalari hali uzoq vaqt beminnat xizmat qilishi mumkin. Ammo tashkilotlar ularni qatʼiy kelishiv va qoida asosida qayta ishlashga topshirishadi.

Hatto Jon kabi ishbilarmonlar bunday namunalarni topishga muvaffaq boʻlishsa ham, aksariyat hollarda ulardan hech qanday foyda yoʻq. Gap T2 xavfsizlik chipi haqida ketmoqda, Apple undan Intel MacBookʼlar davridan beri foydalanib keladi. Mazkur soprotsessor noutbukning barcha Touch ID maʼlumotlari va parollarini saqlaydi. Shuning uchun, agar bunday MacBook MDM profiliga ega boʻlsa yoki Apple IDʼsiga kirilgan boʻlsa, noutbukni toʻliq faollashtirishning mutlaqo iloji boʻlmaydi.

Himoyani chetlab oʻtishning iloji yoʻq, chunki maʼlumotlar T2 protsessorida xavfsiz shifrlangan. Koʻplab sotuvchilar va xaridorlar nuqtai nazaridan, millionlab ishlab turgan makbuklarni metollolomga uloqtirish — juda gʻalati ish.

Bamstedning fikricha, Apple shu yoʻl bilan oʻz mahsulotlarining ikkilamchi bozori rivojlanishiga toʻsqinlik qiladi.

MDM iPhone qulfi

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, na eski Intelʼdagi MacBookʼlar va na M1/M2ʼni chetlab oʻtish uchun dasturiy “teshikcha” qoldirilmagan. Garchi baʼzi dasturchilar Mac-ni buzishning uddasidan chiqishgan boʻlsa ham, barchasi befoyda — chunki qayta ishga tushirilgan noutbukda yana faollashtirish blokirovkasi paydo boʻladi.

Maʼlum boʻlishicha, hatto qamoqxonalar raqamli qulfini buzish ustalari ham Apple Silicon chiplari oldida ojiz qolishar ekan

Hozirda bunday “chiqish teshiklari” bor, biroq faqatgina rasmiy sotib olingan makbuklarda xolos. Sizga kerak boʻlgan yagona narsa — qoʻllab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish va MDM profilingizni oʻchirish uchun xaridni tasdiqlovchi hujjatni taqdim etish, xuddi shu yechim bloklanib qolgan iPhoneʼlar uchun ham mos keladi.

Bu muddatdan keyin qulfni olib tashlash mumkin edi va gadjet yangi foydalanuvchi uchun ishlashda davom etadi. Umuman olganda, agar MacBook qonuniy ravishda sotib olinsa va formatlangan boʻlsa, avvalgi egasining fikri qanday farq qiladi?

Yuqorida fikrlari keltirilgan Jon Bamsdet va shu kabi sotuvchilarning asosiy muddaosi yaxshi daromad qilish boʻlsada, boshqa tarafdan, ikkinchi qoʻl noutbuklari hamyonbop, biroq sifatli texnika istagan xaridorlar uchun ham foydali boʻlar edi. 

Apple esa soʻnggi yillarda buning mutlaqo teskarisini qilmoqda: servis markazlari sonini qisqartirmoqda, telefonlari uchun kerakli qismlarni faqatgina kompaniyadan yetkazib berishni joriy qildi va hokazo.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04