Nega odamlar bir marta iPhone ishlatib Androidga qaytishni istamaydi? Sabablarini aniqlaymiz

Ushbu maqolada biz nima uchun Apple foydalanuvchilari Androidga qaytishni istamasligi, umuman iPhoneʼning Androiddan 5 ta ustun tarafi va Google tizimi 2023-yilda qanday ustunliklarga ega bo‘lishi yoki bo‘lmasligini ko‘rib chiqamiz.

iPhone asosiy ekrani

Foydalanuvchilar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovlarga koʻra, iPhoneʼga qaytishni istashlarining asosiy sabablaridan biri bu Apple operatsion tizimining dizayni ekan. iOS dizayni va texnik xususiyatlari eng kichik detallargacha puxta oʻylangan. Shu bilan birga, Androidda juda gʻalati yechimlar mavjud. Bu, ayniqsa, shriftlar va turli knopkalarda yaqqol koʻrinadi. Misol uchun, Androidda bildirishlarning (notification) kelish tartibi:

Odatda bildirishlar uchta knopka bilan keladi: “Javob berish”, “Oʻqilgan deb belgilash”, “Yopish”. Bir qarashda mazkur holat juda ham qulay koʻrinadi. Aslida esa mazkur uchta knopkaning borligi mantiqsiz: xabarga javob bermasangiz uni oʻqilgan deb belgilashdan nima maʼno? Javob bermoqchi boʻlsangiz, u holda chatga kirib yozish qulay emasmi? 

Boshqa tarafdan, Apple vidjetlari Androiddagi bilan solishtirilganda doimo bir xildek koʻrinadi. Aslida, bu shunchaki kattalashtirilgan dastur belgisi boʻlib, ob-havo, taqvim kabi baʼzi maʼlumotlarni koʻrsatadi. Ammo Xiaomi standart ob-havo vidjeti va Apple vidjetini solishtirib koʻrganingizda oʻrtadagi farqni yaqqol sezasiz.

Ayfon baribir ayfonda

Odamlarning ayfon sotib olishining eng birinchi sababi ham uning tashqi koʻrinishi. Biz iPhone korpusining ishlatish uchun qanchalik qulayligi va oʻylab ishlangani haqida gapirib oʻtirmaymiz.

Gap 3 ta dumaloq kamera va korpus yuzasidagi tishlangan olma hamda u beradigan estetik zavq, avtoritet haqida ketmoqda: internet magazinlari mahsulotlarini tasvirga olishda, qiz/yigitlar oynaga qarab selfi qilganida, bayramda sovgʻa qilganida, biznesmenlar suhbat paytida smartfonlarini teskari qilib qoʻyib tuyadigan estetik zavq uchun ham ayfon sotib olishadi. Bunga qoʻshimcha ravishda, Apple marketingi kuchi bilan qiymatga ega boʻlgan baʼzi iPhone ranglari ham smartfonga qiziqishni orttiradi.

Odamlar Samsung Galaxy S23 ni Galaxy S22 dan ajrata olmasligi mumkin, biroq deyarli hammamiz iPhone 14 Pro bilan iPhone 14 Pro Maxʼni yaxshigina farqlaymiz.

iPhone chexollari

Maʼlum boʻlishicha, Androidga oʻtgan koʻplab sobiq ayfonchilar telefoniga yaxshi chexol topolmasligidan “aziyat chekar ekan”. iPhone telefonlari uchun istalgan doʻkondan istagancha aksessuar topish mumkin. Bilamizki, koʻp hollarda hatto eng soʻnggi modeldagi Xiaomi uchun shaffof chexol topish qiyin boʻladi.

Shuning uchun ham bir marta iPhone “mazasini bilgan” mijozlar yana unga qaytishni istab qolishar ekan.

iPhoneʼda olingan kadrlar

Xoynahoy, siz kamerani birinchi boʻlib sanashimizni kutgansiz. 

Android smartfonlari eng qimmat modullarni oʻrnatmasin, sunʼiy intellektdan foydalanmasin, tan olish kerakki, iPhone kameralari sifati va marketingni ustun kelaveradi. IPhoneʼlarda tasvir barqarorligi shunday darajadaki, yakuniy video iloji boricha silliq va aniqligicha saqlanadi. Videoda hech qanday tebranish yoki boshqa kamchiliklar kuzatilmaydi.

Androidda ham xuddi shunday deya olmaysiz — ularga maxsus stabilizator kerak boʻlishi aniq.

Video sifati bir qarashda arzimas narsa, lekin siz mobilograf yoki shu kabi kontentlar uchun tasvir olsangiz bu juda ham katta ahamiyatga ega.

Apple Watch

Keyingi sabab qanchalik gʻalati eshitilmasin, lekin u haqiqat: foydalanuvchilar iPhoneʼga qaytishni istashiga smartfonlarning Apple Watchʼni qoʻllab-quvvatlashi ham sabab boʻlar ekan. Ha, koʻpgina iPhone egalari aqlli soatlariga shunchalik bogʻlanib qolishadiki, ularni oʻzgartirishni mutlaqo istashmaydi.

Aytaylik, Androidni Apple Watch bilan ulab boʻlganida edi, balki vaziyat Android foydasiga biroz oʻzgararmidi? Tagʻin bilmadik.

Tashqi manbalardan ilovalarni oʻrnatish

Boʻldida endi, hadeb heyt qilaverasizlarmi, Androidni ham ustun taraflari koʻpku, deyayotgan boʻlishingiz aniq. Ha, albatta, Andoid smartfonlari shunchalik turli xilki, ular orasida iPhoneʼda yoʻq funksiyalarga egalari ham bir talay. Shu oʻrinda koʻplab ayfonchilar zimdan havas (yoki hasad?) qiladigan bir xususiyat ham bor, bu — har qanday dasturni oʻrnata olish imkoniyati va istalgan manbalar uchun cheklovlarning yoʻqligi.

Ammo oxirgi yangiliklarga koʻra, iOS 17ʼning navbatdagi yirik yangilanishi bilan ayfonchilarning yelkasiga ham quyosh tegadi — Apple smartfonlariga App Storeʼdan boshqa manbalardan ham ilova yuklashga ruxsat berishi kutilmoqda.

Ammo bu qanday amalga oshirilishi va u Yevropa Ittifoqidan boshqa joyda mavjud boʻladimi yoki yoʻqmi, hozircha aniq emas.

Avvalroq Giglink.uz iOS 17 da paydo bo‘ladigan yangi o‘zgarish va funksiyalarni ma’lum qilgan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 17 Pro qanday bo‘lishi mumkin? Yangi rasmlar paydo bo‘ldi
Plus modeli to‘xtatiladi, uning o‘rnini iPhone 17 Air egallaydi. 2025-yilda chiqishi rejalashtirilgan yangi seriya standart versiya, Air, Pro va Pro Max modellaridan iborat bo‘ladi.
Smartfon
25 yanvar, 00:30
Samsung Galaxy S25 va Galaxy S25+ taqdim etildi: Narxlar va xususiyatlar haqida to‘liq ma’lumot
Samsung o‘zining yangi flagman smartfonlari – Galaxy S25 seriyasini rasman taqdim etdi. Ushbu seriyaga Galaxy S25, Galaxy S25+ va Galaxy S25 Ultra modellari kiradi.
Smartfon
23 yanvar, 10:54
Samsung Koreyada Galaxy S25 seriyali telefonlari uchun obuna xizmatini ishga tushirdi
bu sizga har yili yangi telefonni yarim narxda almashtirish imkonini beradi.
Smartfon
21 yanvar, 16:49
SpaceX kompaniyasining Starship raketasi Mufaqiyatsizlikga uchradi
SpaceX kompaniyasining Starship raketasi yettinchi sinov parvozini amalga oshirdi.  Kompaniya parvoz vaqtida raketaning yuqori qismini yo‘qotdi. Biroq raketaning pastki qismi muvaffaqiyatli qaytarilib, kosmodromda maxsus mexanik moslamalar yordamida qo‘lga olindi.
Texnologiya
17 yanvar, 14:33