Apple iOS 17 da ilovalarni App Storeʼdan boshqa manbalardan yuklab olish imkonini beradi

Yangi funksiyaga koʻra, endi ilovalarni nafaqat App Storeʼdan, balki uchinchi tomon manbalaridan ham yuklab olish imkoniyati paydo boʻladi.

Bloomberg jurnalisti va insayder Mark Gurmanning aytishicha, uzoq kutilgan funksiya tez orada iOS operatsion tizimida paydo boʻladi.

Nimalar maʼlum?

Yangilik iOS 17 da paydo boʻlishi kerak. Shuningdek, u dasturchilarga App Store soligʻini chetlab oʻtishga imkon beradi, bu hozirda 15% dan 30% gacha boʻlib kelmoqda.

Apple bu qadamni 2022-yil noyabr oyida kuchga kirgan Yevropa Ittifoqining raqamli bozorlar toʻgʻrisidagi yangi qonuni tufayli qabul qilishga majbur boʻldi. U dasturchilarni foydalanuvchilarga uchinchi tomon ilovalari doʻkonlariga kirish huquqini berishga chaqiradi.

Aytgancha, bunga qoʻshimcha ravishda iOS 17 da yangilangan Control Center, yangi Health ilovasi, takomillashtirilgan Always-On Display funksiyasi va interaktiv vidjetlar ham boʻladi. 

Tizimning chiqarilishi iyun oyi boshida WWDC 2023 taqdimotida boʻlib oʻtadi.

Oldinroq WWDC 2023 taqdimotda namoyish qilinadigan yangiliklarning qisqacha ro‘yxati ma’lum qilingan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44