iPhone foydalanuvchilari bir soniya ham smartfonisiz oʻtirolmaydi
Soʻrovnoma: har ikkinchi iPhone egasi smartfoni buzilganida uni darhol almashtirishga oshiqadi.
CIRP tahliliy kompaniyasi oʻtkazgan tadqiqotga koʻra, har ikkinchi iPhone foydalanuvchisi oʻz smartfonini ishlamay qolgan kuniyoq oʻzgartirar ekan.
Soʻrovnomada ishtirok etganlarning 45 foizi “ayfoni” buzilgan, shikastlangan yoki shunday ehtimolni sezgani zahotiyoq uni taʼmirlashi yoki almashtirishini aytishgan. IPad va Mac kompyuterlari foydalanuvchilarning atigi 27%i qurilmasi ishdan chiqqan kuni uni almashtirishga oshiqadi.
34% iPhone foydalanuvchilari birinchi yoki ikkinchi kundayoq iPhoneʼni taʼmirlash yoki almashtirishga tayyor, iPad va Mac egalari orasida esa bu koʻrsatkichlar 30 va 35 foiz ekan.
Qurilmaga “tez yordam” berish yoki yangisiga almashtirish borasida raqamlarni davom ettirar ekanmiz, iPhone egalarining 15 foizi, iPad foydalanuvchilarining 23 foizi va Mac egalarining 24 foizi bir hafta ichida almashtirishga qaror qilar ekan.
Soʻrovda qatnashganlarning faqat kichik bir qismi bir oydan koʻproq kutishlarini yoki qurilmalarini almashtirmasliklarini aytishdi. Tabiiyki bu ham qurilmalarning egalariga qanchalik qadrli ekanligiga yana bir dalil boʻladi.