Salkam 1300 dollarga Xiaomi smartfoni: Xiaomi 13 Pro haqida batafsil
Samsung Galaxy S23 Ultra yoki iPhone 14 Pro Max darajasidagi eng so‘nggi modeldagi Xiaomi modeli taqdim etildi. Narxiga qarab ajablanmang: smartfon kamerasi bemalol TOP flagmanlar bilan raqobatlasha oladi.
Xiaomi 13 Pro — bu Sony IMX989-1 (13,1 x 9,8 mm) sensoridan foydalanilgan birinchi gadjet hisoblanadi.
Kattaroq sensor va Leica dasturiy taʼminoti uygʻunlashuvi 12S Ultraʼda qiziqarli kombinatsiyani yaratdi, bu esa 13 Proning boshqa top smartfonlar bilan raqobatlasha olishiga umid qilsa boʻladi.
Xiaomi 13 Pro: dizayn va strukturasi
Siz rasmda koʻrib turgan smartfon M6,7 dyuymli AMOLED ekran (3200 x 1440), jumladan, 120 Gts yangilanish tezligi va Gorilla Glass Victus himoyasiga ega. U oʻzining oʻlchamidagi telefonlardan bir oz ogʻirroq va qoʻshimcha silikon korpus bilan beriladi.
IP68 himoyasi esa rostmanasiga smartfonning ustunlik beruvchi xususiyati hisoblanadi, chunki oldingi 12 Proda bunday rasmiy belgi boʻlmagan.
13 Pro xotirasi 128 Gb xotira va 8 Gb tezkor xotiradan boshlanadi hamda Snapdragon 8 Gen 2 chipsetida ishlaydi. Taxmin qilinganidek, xotira kartasi uchun uyasi yoʻq, biroq 2 ta SIM-karta uchun joy berilgan.
Xiaomi 13 Pro: kamera xususiyatlari
Uchta 50 megapikselli orqa kameralari, 1-toifa keng burchakli kamera sensori esa Leica Vario-Summicron linzalari bilan bogʻlovchi boʻlib xizmat qiladi. Bu f/1.9 diafragma, optik tasvir barqarorligi, ikki pikselli va lazerli avtofokus bilan 23 mm ekvivalent demakdir.
Keng burchakli kamera foto rejimida 12,5 megapikselda suratga olishda piksellarni birlashtiradi va yorugʻlikni bir xil katta oʻlchamdagi 1,6 mikronga oladi. Toʻliq aniqlikda suratga olishning yagona yoʻli tabiiy ravishda kamroq yorugʻlikni ushlaydigan 50MP rejimidan foydalanishdir.
Boshqa ikkita obyektivlari bir xil piksellar sonida suratga tushiradi va 12 Pro bilan solishtirganda deyarli farq qilmaydi. Shuningdek, Super Macro rejimi fokusni yaxshi olgani tufayli, 10 sm yaqinlikkacha ham yaxshi suratga oladi.
Xiaomi 13 Pro: dasturiy taʼminot xususiyatlari
Pro va Portret kabi bir nechta rejimdagi ikkita Leica Authentic hamda Vibrant opsiyalari 13 Proga Leica estetikasini beradi.
Uning xususiyatlarini smartfondan foydalanish chogʻida yaxshiroq xis qilasiz. Fotosurat va portret rejimlarida filtr belgisiga tekkaningizda Leica Vivid, Leica Natural, Leica BW Natural va Leica BW High Contrastni koʻrasiz.
Yuz va koʻzni tanish yaxshilanmoqda va hozircha bu rasmga nisbatan videolarda yaxshiroq ishlaydi.
Afsuski, Pro rejimida RAW formatida toʻliq piksellar bilan suratga olishning imkoni yoʻq.
Xiaomi 13 Pro: tasvir sifati
12S Ultra singari, 13 Pro ham koʻplab rejimlarni taklif qiladi, chunki Leica ranglarni jshlash va filtrlash funksiyasi kameraning dinamik diapazoni bilan yaxshi ishlaydi. Qora va oq filtrlar universal boʻlib koʻrinmaydi va Authentic/Bibrant kombinatsiyasi koʻp holatlarda qoʻl keladi.
Suratga olingan rasmni ham Leica filtrlarida qoʻllab koʻrish mumkin. Biroq, bunda baʼzi cheklovlar bor boʻlib, aytaylik, siz oq-qora fotosuratga tusha olmaysiz va uni rangliga aylantira olmaysiz.
Olingan tasvirlar asosan sifatli koʻrinadi, misol uchun yorugʻlik kam va kontrast bir maromda boʻlgan muhitlar va tunda rasmlar yaxshi olinadi.
Xiaomi 13 Pro: ultra keng va teleobyektiv
Ushbu ikkita linzalar oʻzlarining ikkinchi darajali funksiyalarida juda yaxshi ishlaydi, teleobyektiv linzalarining samaradorligiga alohida eʼtibor beriladi. Teleobyektivda obyektni oʻzi kattalashtirishi hisobiga telefonning soya tushishi ehtimolini deyarli yoʻq qiladi.
Xiaomi 13 Pro: maxsus rejimlar va tahrirlash vositalari
Xiaomi telefonlari Galereya ilovasida juda ham yaxshi tahrirlash usullari mavjud. Google Magic Eraser yordamida siz rasmdagi obyektni qirqib beradi yoki oʻchiradi. Galereyadan suratni tanlang va AI ga oʻting -> Oʻchirishga oʻting va obyektlar, odamlar, chiziqlar va soyalarni (oziq-ovqat suratlaridan) olib tashlash variantlaridan foydalaning.
Xiaomi 13 Pro: video xususiyatlari
Video tasvirda obyektlar tiniqligi maksimal taʼminlanadi va bu 1080p, 4K yoki 8K piksellarda suratga olganda namoyon boʻladi. Mavjud filtrlar — Leica yoki kinoeffektlardan foydalanishingiz mumkin. Umuman olganda yangi Xiaomi 13 Pro video tasvirida unchalik katta yangilik yoʻq. Eng muhimi shundaki, barcha filtrlar faqat 1080p va 30 kadr/s gacha ishlaydi.
Uchratishimiz mumkin boʻlgan yagona oʻzgarish — bu telesuflyor boʻlib, u yerda video suratga olinayotganda oʻqish uchun matnni nusxalash va joylashtirishingiz mumkin. Bu orqa va old kameralar bilan ishlaydi, shuning sababli siz sahnaga gapirayotgan yoki selfi uslubida soʻzlayotgan kadrlarni olayotganda matn hajmini oʻzingizga mos ravishda oʻzgartirishingiz mumkin.
Xiaomi 13 Pro: eng yaxshisimi?
Xiaomi 13 Pro — 2023-yilning eng yaxshi kamerali telefonlaridan biri sifatida oʻzini koʻrsatmoqda, agar raqobat shu tarzda ketaversa, Xitoy flagmani mazkur yil davomida taqdim etilgan eng yaxshi kameraga ega smartfon boʻlishi aniq.
Leicaʼning ushbu telefonda olinadigan sifatli tasvirlardagi ahamiyatini eʼtirof etishga arziydi.
Oʻxshash modellar bormi?
Vivo X90 Pro telefoni kameralar funksionalligini oshirib borayotgan smartfon sifatida Xiaomi 13 Proga analog boʻlishi mumkin. U bir xil Sony IMX989 tasvir sensori va shunga oʻxshash teleobyektiv va ultra keng kameralardan foydalanadi hamda keng koʻlamli dasturiy vositalarni taklif etadi.
Shuningdek, Xiaomi 13 Pro oʻrniga Samsung Galaxy S23 Ultrani tavsiya qilishimiz mumkin. Google Pixel 7 Pro esa, kam yorugʻlikda ham suratga olish uchun eng yaxshi tanlovlardan biri boʻlib qolmoqda. Agar siz iPhoneʼchi? deydigan boʻlsangiz, u holda iPhone 14 Pro va Pro Max hozircha eng soʻnggi model sifatida muqobil tanlov boʻladi.
Sotib olishga arziydimi?
Bir soʻz bilan aytganda, ha. Chunki u 12S Ultra va boshqa soʻnggi flagmanlar jamlagan funksiyalarga ega. Shunga yarasha, mazkur Android telefoni 1299 dollar narxi bilan sizga oʻziga xos zamonaviy funksiyalar kollaboratsiyasini taqdim etadi.
Yurtimizda smartfonni sotib olish narxlar:
- Olx.uz da 13 mln so‘mdan boshlanadi (Xiaomi 13 Pro 12/512)
Oldinroq yana bir Xitoy flagmani — Redmi Note 12 Pro+ 5G — eng tezkor quvvatlanuvchi gadjetga aylangani haqida ma’lumot bergan edik. Batafsil bu yerda: https://t.me/giglinkuz/223