Samsung S23 Ultra va iPhone 14 Pro Max kameralarining afzallik hamda kamchiligi “haqqoniy” taqqoslandi

YouTube “Честный блог” kanali blogeri Samsung Galaxy S23 Ultra va iPhone 14 Pro Max flagmanlarini rasm va videoga olish kuchi boʻyicha solishtirdi. Uning maqsadi, ushbu TOP smartfonlarning qaysi biri sotib olish uchun eng yaxshi tanlovligini aniqlashdan iborat.

Avvaliga S23 Ultra va iPhone 14 Pro Maxʼni videoga olish imkoniyatlari boʻyicha solishtirgan yutuber, old kamerada ikkala smartfon ham videoni Full HD 30 FPS formatida yozib olishini, bunda Samsung asosan yuzga (old fondagi obyektga), iPhone esa yuzga ham, fonga ham yetarlicha urgʻu berishini koʻrsatgan. IPhone 14 Pro Max fonni xiralashtirishga harakat qilgani sababli, obyektning yuzi notabiiydek koʻrinib qoladi.

Bundan tashqari, qurilmalar videoni 4K 60 kadr/soniyada yozib oladi va bunda Samsung bulutlarni xiralashtirsa, iPhone ularni keragidan ortiq yoritib yuboradi.

Asosiy kamerada suratga olishga kelsak, bunda ham smartfonlar 4K 60 kadr tezlikda video yozib oladi. Kechasi iPhone yorqin obyektlarni kuchli yoritadi, S23 Ultraʼda esa tasvirlar unchalik aniq emas. Ikkala qurilmada ham stabilizatsiya yaxshi ishlaydi.

Full HD 30 kadrli portret rejimida iPhoneʼda rasm yanada rang-barang chiqadi, biroq unda siz Samsungʻda boʻlgani kabi, rasmga olish vaqtida xiralik (размытие) va rejimlar darajasini oʻzgartira olmaysiz. Bundan tashqari, portret rejimida 3x kattalashtirmoqchi boʻlsangiz, Samsung baʼzida negadir fonni xiralashtirmaydi. Action mode iPhoneʼda, albatta, yaxshiroq ishlaydi.

Umuman olganda, Samsung Galaxy S23 Ultra iPhone bilan solishtirganda bir nechta ustunliklari ham aniqlangan. Ayniqsa, tungi rejimda yorqin obyektlarni tasvirga olish borasida ayfonga nisbatan yaxshiroq, deb hisoblangan. Biroq kadrlarning tiniqligi va detallar borasida hozircha iPhoneʼga teng keladigani yoʻqligi maʼlum boʻlgan.

Portret rejimini 3x kattalashtirib olganda, iPhone biroz yaqinroq tasvirga oladi, Samsung esa, barcha obyektlarni yorugʻroq qilib yuboradi. iPhone 14 Pro Max esa kishilar rasmini anchayin tabiiyroq tasvirga tushiradi.

Blogerning fikricha, portret rejimining 3x kattalashtirilgan formatini aytmasa, Galaxy S23 Ultra smartfoni iPhone 14 Pro Maxʼga nisbatan hattoki ustunroq va ancha yaxshi flagman hisoblanadi. 

Xo‘sh, siz nima deb oʻylaysiz? “Ayfonchi va samsungchilarning” klassik bahsi hali-beri yakunlanmas ekan, bu borada turli sinovlar koʻp va xoʻb boʻlishi aniq.

Avvalroq, Galaxy S23 Ultra kamerasi go‘dakning “tishini chiqarishi” ma’lum bo‘lgan edi. 

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi o‘z smartfonlarini quvvatlash moslamasisiz sotishni boshladi: sababi nimada ?
Xiaomi, Apple kabi, yangi Redmi 13 smartfonlarini quvvatlash moslamasisiz sotishni boshladi. Endi bu moslamalar qutiga kiritilmaydi.
Smartfon
27 iyun, 11:15
Google qidiruvda yana yangilik: uzluksiz sahifalarni yuklash toʻxtatilmoqda, an'anaviy sahifalash qaytmoqda
Oʻzgarishning asosiy sababi qidiruv tajribasini yaxshilashga qaratilgan.
Texnologiya
26 iyun, 10:48
BYD O‘zbekiston avtomobil bozorida top uchtalikka kirmoqda
Kompaniya bozorni ishonchli o‘zlashtirmoqda
Avto
26 iyun, 10:10
Logitech 80 dollarga o‘ta ixcham Keys-To-Go 2 klaviaturasini taqdim etdi
U Android, Windows, iOS, macOS, iPadOS va ChromeOS Operatsion tizimlari bilan ishlaydi.
Texnologiya
22 iyun, 20:50