iOS 17: iPhone bloklangan ekrani o‘zgaradi, Apple Music va App Library’da yangilanishlar paydo bo‘ladi

Apple insayderining ma’lum qilishicha, iOS 17 bloklangan ekran, Apple Music, App Library va Boshqarish markazida yangi funksiyalar bilan boyitiladi. Shuningdek, Find My va Wallet ilovalarida ham o‘zgarishlar boʻlishi kutilmoqda.

Bu haqida oldinroq iPhone 14 sariq rangda ham ishlab chiqarilishi toʻgʻrisida xabar bergan Weibo insayderi maʼlum qildi.

Xabarda iOS 17 ning bir nechta sezilarli xususiyatlari keltirilgan:

  • Bloklash ekrani shrift oʻlchami parametrlari o‘zgaradi.
  • Boshqa iPhone foydalanuvchilariga bloklangan ekran dizaynini ulashish tugmasi paydo bo‘ladi.
  • Apple Musicʼda qoʻshiqlarning qulflangan ekranda paydo boʻladi.
  • Apple Music dizayni soddalashtirilgan interfeysga ega boʻladi.
  • Ilovalar kutubxonasi papkalar nomini qoʻlda oʻzgartirish mumkin bo‘ladi.
  • Boshqaruv markazi dizayniga bir qator oʻzgartirishlar qo‘shiladi.
  • Fonar yorqinligini xuddi ovoz balandligini oʻzgartirgandek erkin sozlash mumkin bo‘ladi.

 iOS 17 boshqaruv markazi yangilashi haqida allaqachon mish-mishlar tarqalgan edi, endi biz yangi operatsion tizimga yana qanday funksiyalar qo‘shilayotgani haqida aniq tasavvurga ega boʻlmoqdamiz.

Ammo mazkur oʻzgarishlarning hech biri juda katta yangilik emas, shunday boʻlsa ham ular tizimda sezilarli yaxshilanishlar paydo boʻlishidan darak bermoqda.

Yuqoridagi funksiyalarni taqdim qilgan manbaning aytishicha, Apple yangiliklari haqida uzoq muddatli tajribalari yoʻq va shu sababli oʻzlari keltirgan maʼlumotlar mutlaqo yangi ekanligiga kafolat berishmaydi.

Bloomberg vakili Mark Gurman iOS 17 da Find My va Wallet ilovalarida yaxshilanishlar boʻlishini aytgan.

Apple kompaniyasi iOS 17 ni 5-iyun kuni boʻlib oʻtadigan WWDC taqdimotida eʼlon qilishi kutilmoqda. Yangilanishning birinchi beta-versiyasi ishlab chiquvchilarga chiqarilgandan soʻng darhol taqdim etilishi kerak, ommaviy beta-versiyasi esa, iyul oyida paydo boʻladi. Odatdagidek, yangilanish sentyabr oyida, yaʼni yangi iPhone 15 modellari chiqqanida keng foydalanish uchun ochiq boʻladi.

Avvalroq Giglink.uz nashri 2023-yilgi WWDC taqdimotida namoyish qilinadigan yangiliklarning qisqacha ro‘yxatini taqdim qilgandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44