Google I/O 2023: bugun Google sunʼiy intellekt sohasida burilish qila oladimi?
10-may, Toshkent vaqti bilan kech soat 23:00 da, Kaliforniyaning Mountain View shahrida 15-chi Google I/O Developer konferensiyasi boshlanadi.
Maqola soʻnggida jonli efir uchun havola qoldirildi, shuningdek yangiliklar Giglink.uz telegram kanalida live-time berib boriladi.
ChatGPT taqdimotidan beri Google sunʼiy intellekt sohasida kuchli bosimga uchragani sir emas: maʼlumotlar qidiruvi giganti toʻsatdan oʻzi uzoq vaqt hukmronlik qilib kelgan sunʼiy intellekt (SI) sohasida ortda qolib ketdi.
OpenAI loyihalari zanjiri va Microsoft Bing qidiruv chatbotidan soʻng, Google yetakchilikni qaytarib olishga harakat qilishga majbur boʻldi. Anjuman Google rahbarlari uchun investorlar, raqobatchilar va oʻz xodimlari oldida kompaniya hali ham sunʼiy intellekt sohasida yetakchi ekanligini isbotlash imkoniyatidir.
Google xodimlari hozirda tushkunlikka tushgan. Kompaniya rahbari dekabr oyida xodimlarga sunʼiy intellektdan foydalanish boʻyicha saʼy-harakatlarini ikki baravar oshirishni aytganidan keyin konferensiyaga tayyorgarlikni keskin kuchaytirdi. Google konferensiyani juda keng koʻlamda qilishi taxmin qilingan edi, biroq kompaniya soʻnggi paytlarda xarajatlarni kamaytirishga urinayotgani buning teskarisini koʻrsatmoqda. Yanvar oyida Google 12 000 xodimini ishdan boʻshatdi va baʼzi imtiyozlarni qisqartirdi.
Bu safargi anjumanning koʻlami avvalgi yillarga qaraganda ancha kichik. Ilgari Kaliforniyaning Mountain View shahridagi Google kampusining koʻp qismini qamrab olgan uch kunlik dasturchilar konferensiyasi bir kunga qisqardi. Besh nafar amaldagi va sobiq xodimning aytishicha, Googleʼda hozir juda bir tarang va bosimli vaziyat hukmron.
Mijozlar, OAV va investorlar uchun yangi texnologiyalarni namoyish qilish Google uchun muhim lahzadir, chunki tahlilchilar va soha kuzatuvchilari mart oyida Bard chatbotining ishga tushirilishi muvaffaqiyatsiz boʻlganini hali unutishgani yoʻq. Keyinroq kompaniya boshqa bir qidiruv tizimi ustida ish boshladi. Mazkur konferensiyada Google shuningdek, Android 14 OT ni taqdim qiladi.
“Sunʼiy intellektning qurollanish poygasida Google eng zaif nuqtada”, dedi Den Ives, Wedbush Securities kapital tahlilchisi. “Google uchun sunʼiy intellekt mexanizmini qayta ishga tushirish vaqti keldi.”
- YouTube jonli efir: https://youtu.be/cNfINi5CNbY
- Efir haqida o‘zbek tilida o‘qib borish: https://t.me/+nd-YoMI_rTUxN2U6