Google yangi qidiruv tizimi izlaganingizni aytmasingizdan oldin muhayyo qiladi

Google yangi sunʼiy intellekt texnologiyasiga asoslangan “yangi qidiruv tizimini” ishlab chiqmoqda. Project Magi deb nomlangan joriy qidiruv tizimiga sunʼiy intellektga asoslangan yangi xususiyatlarni qoʻshiladi.

“Yangi qidiruv tizimi foydalanuvchilarga kompaniyaning joriy xizmatidan koʻra koʻproq individuallashtirilgan xizmatni taklif qiladi, foydalanuvchi nimani istayotganini oldindan bilishga harakat qiladi”, deb yozadi New York Times.

Yangi Google qidiruvi

Maʼlumotlarga qaraganda, Google dizaynerlar, dasturchilar va rahbarlar jamoasiga “dunyo boʻylab telefonlar va uylargacha sunʼiy intellektni olib kiradigan” ushbu yangi qidiruv tizimini ishlab chiqishni topshirdi.

Yangi Google qidiruv tizimi hozircha ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida, qachon tayyor boʻlishi aniq emas.

Yangi qidiruv tizimi “foydalanuvchilar qidirayotgan narsalariga asoslanib, nimani izlayotganini bilib oladi”. Bundan tashqari, u “sotib olish uchun mahsulotlar, oʻrganish uchun maʼlumotlar va boshqalarning oldindan tanlangan variantlar roʻyxatini taklif qiladi”. Shu bilan birga, qidiruv tizimi foydalanuvchi bilan koʻproq suhbatlashishga intiladi.

Project Magi foydalanuvchilarga qidiruv eʼlonlarini sahifaga joylashtirish orqali tranzaksiya qilishda yordam beradi.

2009-yilda Google barcha qidiruv natijalari foydalanuvchilar uchun moslashtirilganligini taʼkidlab, qidiruv natijalarini keskin individuallashtirishga harakat qildi. Ammo oradan oʻn yil oʻtib Google individuallashtirish kam samara berayotganini, aniqrogʻi kutilganidek ishlamaganini tan oldi.

Magi loyihasi

Google mutlaqo yangi qidiruv tizimi ustida ishlayotgan bir paytda, 160 dan ortiq Google xodimlaridan iborat jamoa mavjud Google qidiruviga yangi xususiyatlarni qoʻshish ustida ishlamoqda. Xabarlarga koʻra, ushbu loyihaning ishchi nomi Magi boʻlib, keyingi oyning boshida foydalanuvchilar uchun qisman chiqarilishi mumkin.

Hisobotga koʻra, Magi foydalanuvchilarga poyabzal sotib olish yoki reyslarni bron qilish kabilarni bajarishda yordam beradi.

“Hujjatga koʻra, Google kompyuter kodlari javoblari ostida reklama joylashtirishi mumkin”, deyiladi.

Jarayondagi boshqa Google loyihalari

Google ayni paytda bir nechta loyihalar ustida ishlamoqda, jumladan:

  • Sunʼiy intellektdan foydalangan holda Google Earth xaritalash texnologiyasi va chat boti bilan suhbat orqali musiqa izlash.
  • GIFI Google Image natijalarida tasvirlarni yaratish uchun AIdan foydalanadi.
  • Tivoli Tutor foydalanuvchilarga sunʼiy intellekt ochiq matnli dialoglar yordamida yangi tilni oʻrgatadi.
  • Searchalong foydalanuvchilarga Google Chrome brauzeri orqali internetdan foydalanish paytida chatbotga savollar berish imkonini beradi.

Sun’iy idrok uchun kurash…

Googleʼning OpenAI va Microsoft bilan raqobatlashishga intilib qanchalik tez oʻzgarib borishi, yangi SI loyihalariga munosabat bildirishi qiziq. Oldinroq Google ChatGPT bilan raqobat qilish uchun BARD AI chatbotini ishga tushirgandi.

Ayni paytda Google Search qidiruv tizimi nihoyatda tez oʻzgarib bormoqda va keyingi bir necha oy ichida qidiruv reklamasi, SEO hamda marketingning boshqa shakllari qanday koʻrinish olishi yanada qiziqtirib bormoqda.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04