ChatGPT chiqganidan bergi freelanserlarga boʻlgan talab kamaydi

AI yoʻqolmaydi, shuning uchun biz hammamiz u bilan oʻrganishimiz va u bilan birga ishlashimiz kerak.

Harvard Business School va Germaniya Iqtisodiyotni Tadqiq Etish Instituti tomonidan oʻtkazilgan hisobotga koʻra, 2022-yil noyabrida ChatGPT ishga tushirilganidan beri yozish va dasturlash boʻyicha raqamli freelanceslarga boʻlgan talab 21% ga kamaygan.

- Dasturiy ta'minot va ilova ishlab chiqarishda ish oʻrinlari 21% ga kamaydi

- Ma'lumotlarni kiritish va ijtimoiy tarmoqlarda post ishlab chiqarish 13% ga kamaydi

- Grafik dizayn va 3D modellashtirish kabi tasvir yaratish rolini bajargan lavozimlar 17% ga tushdi

Google qidiruv tendentsiyalari generativ AI dan xabardor boʻlgan va uni ishlatgan sohalarda koʻproq pasayishni tasdiqladi.

Ish bozorining tushkunligi

"AI kimni oʻrinini olmoqda? Generativ AI ning onlayn freelansing platformalariga ta'siri" deb nomlangan tadqiqot, 2021 yil iyulidan 2023 yil iyuligacha 61 mamlakatda joylashtirilgan deyarli ikki million ish e'lonlarini oʻrganib chiqdi. Tadqiqotda ishlar avtomatlashtirishga moyil rollar, qoʻlda bajariladigan ishlar va rasm yaratishga boʻlingan. ChatGPT ishga tushirilgandan soʻng ushbu sohalarda e'lonlarning sezilarli darajada kamayishi kuzatildi.

Oʻzingizni qanday himoya qilishingiz mumkin?

Raqamli freelanserlarga tahdid ChatGPT va boshqa AI vositalari rivojlanishi bilan yanada kuchayadi. 

AI qiyinchiliklaridan himoyalanish uchun koʻnikmalaringizni kengaytiring va inson ijodi va hissiyoti kerak boʻlgan sohalarda ixtisoslashing. AI vositalaridan foydalanib, mahsuldorlik va ish sifatini oshiring. AI yoʻqolmaydi, shuning uchun u bilan yashashni va ishlashni oʻrganishimiz kerak.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Meta kampaniyasi: Facebook’da o‘g‘irlangan kontentga qarshi kurashni kuchaytirdi
Meta kompaniyasi Facebook’da boshqalarning matni, fotosi yoki videosini qayta-qayta tarqatadigan, o‘zini asl muallif sifatida ko‘rsatadigan akkauntlarga qarshi keskin choralar ko‘rayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 iyul, 11:47
Xiaomi yangi arzon telefoni Redmi 15C: xususiyatlari va chiqish sanasi
Xiaomi o‘zining mashhur Redmi 14C modelining davomi – Redmi 15Cni taqdim etmoqchi. Bu telefon arzon narxda yaxshi imkoniyatlar taklif qiladi.
Smartfon
09 iyul, 10:52
Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon
02 iyul, 14:29
Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar
25 iyun, 11:07