Google I/O taqdimoti 10-may kuni bo‘lishi ma’lum qilindi

Foydalanuvchilarni yangi Android, planshet, ikki xildagi smartfon va dasturchilar uchun OS kutmoqda.

Google an’anaviy tadbirida hamyonbop Pixel 7A, Pixel plansheti va qisman Pixel 8 smartfonlari namoyish qilinishi kutilmoqda. Planshet va Pixel 7A nihoyat batafsil tanishtirilsa, aslida taqdimoti kuzda bo‘lishi kutilayotgan Pixel 8 haqida ozroq gapirib o‘tilishi mumkin. 

Yana bir kutilayotgan yangilik — Pixel Fold yigʻma telefoni rasmi allaqachon internetda tarqalgandi: Reddit foydalanuvchilaridan biri Nyu-York metrosida Googleʼda ishlaydi, deb gumon qilingan yo‘lovchining qoʻlida ushbu telefonni ko‘rib qolgan edi.

Google I/O doirasida Android 14 ham batafsil tanishtiriladi. Dasturchilar uchun maxsus ishlab chiqilgan Android 14 Developer Preview 2 taqdimotdan oldin chiqarilgan bo‘lsa, kompaniya rejasiga ko‘ra, OS navbatdagi versiyasi 10-may kuni taqdim etilishi kerak. 

Oldinroq, Google Pixel smartfonlaridagi Magic Eraser — rasmdagi keraksiz obyektni oʻchirish funksiyasi Android va iOS uchun Google Photos’da pullik ko‘rinishda taqdim qilingani haqida xabar bergandik

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44