Apple Worldwide Developers Konferensiyasi 2023-yil 5-iyun kuni boʻlib oʻtadi
Apple kompaniyasining iOS 17, iPadOS 17, macOS 14 kabi texnologiyalari uchun alohida tashkil etiladigan taqdimoti onlayn formatda 5-iyun kuni Apple Parkda bo‘lib o‘tadi. Taqdimotda ishtirok etish bepul, arizalar topshirish ochilgan.
Apple bugun oʻzining anʼanaviy Butunjahon dasturchilar konferensiyasini (WWDC) 2023-yil 5-9-iyun kunlari onlayn oʻtkazilishini eʼlon qildi va dasturchilar hamda talabalar ochilish kunini tomosha qilishlari mumkin. Barcha dasturchilar uchun WWDC23 iOS, iPadOS, macOS, watchOS va tvOSʼdagi eng soʻnggi versiyalarni namoyish etiladi.
Apple kompaniyasi dasturchilarga innovatsion ilovalar yaratishda yordam berish missiyasining davomi sifatida, mazkur tadbirda “aytishniklar” Apple muhandislari bilan muloqot qilishlari, shuningdek, oʻz gʻoyalarini hayotga tatbiq etishda yordam beradigan yangi texnologiyalar hamda vositalar bilan tanishish imkoniyatini beradi.
WWDC23, shuningdek, kodlashni yaxshi koʻradigan dasturchilar va barcha yoshdagi talabalar malakasini oshirishga qaratilgan Apple kompaniyasining koʻplab dasturlaridan biri boʻlgan Swift Student Challenge orqali talaba dasturchilarini qoʻllab-quvvatlash imkoniyatidir. Swift dasturlash tilini oʻrganishni interaktiv va qiziqarli qiladigan iPad va Mac uchun inqilobiy ilova boʻlgan Swift Playgrounds bilan butun dunyo boʻylab talabalar oʻzlari tanlagan mavzu boʻyicha oʻyin maydonchasini yaratishga taklif qilinadi.
“WWDC – Appleʼning eng sevimli tadbirlaridan biri, chunki bu oʻz hamjamiyatimizni butun dunyo boʻylab iqtidorli dasturchilar bilan bogʻlash imkoniyatidir”, dedi Apple kompaniyasining dasturchilar bilan global aloqalar boʻyicha vitse-prezidenti Syuzan Preskott.
Qoʻshimcha maʼlumot olish uchun Swift Student Challenge veb-saytiga oʻting — https://developer.apple.com/wwdc23/swift-student-challenge/
5-iyun kuni Apple Parkda oʻtkaziladigan tadbirda joylar soni cheklangan. Ishtirok uchun arizalarni mazkur manbalar orqali topshirish mumkin:
Swift Student Challenge uchun arizalar va o‘z ishlarini talabalar 19-aprelgacha topshirishlari mumkin.
Oldinroq Apple yangi ishlab chiqqan mexanizmi bilan smartfonlar "egiladi, bukiladi, lekin sinmaydi", deya e’tirof etilgan edi.