Apple virtual olamga kirishga tayyorlanmoqda: Apple XR Mixed Reality 2023-yilda ishlab chiqariladi

Apple shu yil oxirida oʻzining birinchi avlod Mixed Reality minigarnituralarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. XR garnitura displeyi esa texnologik “bomba” boʻlishi kutilmoqda: OLEDoS (kremniyli OLED) displeylar 3000-4000 pikselli ultra yuqori aniqlikka ega.

Apple kompaniyasi xabar berishicha, XR Mixed Reality garnituralari uchun OLEDoS displeylarini Sony va LG kompaniyalari yetkazib beradi.

2023-yilning oxiriga borib esa birinchi avlod Mixed Reality minigarnituralarini ishlab chiqarish boshlanadi.

Virtual reallik uchun ishlab chiqiladigan mazkur texnika displeyi kuchini tasavvur qilishingiz uchun, 1 dyuymda o‘rtacha 55 pikselga ega smartfon ekrani va bir dyuymda oʻrtacha 3500 pikselga ega OLEDoS displeyini taqqoslab qilib ko‘rishingiz kifoya.

Ushbu displeylar diagonali bir dyuymdan kamroq boʻladi va shishalik anʼanaviy OLED ekranlardan farqli oʻlaroq, kremniyli CMOS plastinasi bilan jihozlanadi.

OLEDoS displeylari maksimal darajada yuqori aniqligi bilan tasvirlarning reallik darajasini oshiradi va virtual olamni yanada ko‘proq jonlantiradi.

Aytilishicha, Sony va LG kompaniyalari displeylarni ishlab chiqishda Samsung kompaniyasiga nisbatan takomillashgan va shu sababli ham, Apple XR qurilmasi uchun aynan shu brendlar jalb etilmoqda.

Biroq kelgusida Apple texnologiyalarini ishlab chiqishni boshqa kompaniyalar bilan “bo‘lishmoqchi” emas: kompaniya keyinchalik mazkur brendlar bilan hamkorligini to‘xtatadi va mustaqil ishlab chiqishni yo‘lga qo‘yadi. Buning ustiga, misol uchun, Sony kompaniyasi ishlab chiqayotgan oʻyin pristavkalari tobora Apple bilan raqobatga kirishib bormoqda. Tabiiyki, bir vaqtning o‘zida ham hamkor, ham raqobatchi bo‘lish mantiqsiz.

Apple Mixed Reality minigarnituralarida OLEDoS displeylaridan foydalanish XR qurilmalari bozorida yangi standartni o‘rnatishi kutilmoqda. Apple, Sony, LG, Samsung va APS Holdings oʻrtasidagi hamkorlik texnologiyalarni yangi bosqichga olib chiqishi hamda tubdan oʻzgartirishi esa shubhasiz.

Yaqinda Apple Watch kamari rangini kiyimga moslab o‘zgartirish imkonini beruvchi texnologiya ishlab chiqqani haqida xabar bergan edik.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04