Metalinzaga ega Apple koʻzoynaklari 2027-yilgacha taqdim qilinadi
Insayderlarga ko‘ra, Apple kelgusi 10 yillikda ishlab chiqiladigan qurilmalarida plastik linzalar oʻrniga metalinza texnologiyasidan foydalanadi. Bunday linzalar bora-bora Face ID korpuslari, keyin esa kamera linzalari va kengaytirilgan reallik koʻzoynaklarida ham ishlatiladi.
Tahlilchi Ming-Chi Kuo 2026-2027-yillarda “Apple Glasses”da foydalanish uchun metallens texnologiyasi haqidagi maʼlumotlar bilan boʻlishdi.
Ming-Chi Kuoning hisobotiga koʻra, birinchi metall linzalar iPad Proda Face ID qopqogʻi sifatida foydalanish uchun 2024-yilda ommaviy ishlab chiqariladi. Agar texnologiya muvaffaqiyatli boʻlsa, iPhone 2025 yoki 2026-yillarda Face ID uchun metall linzalarga ega boʻladi.
Bu texnologiya kengaytirilgan reallikka ega Apple koʻzoynaklarini real hayotda ishlatish uchun qoʻllaniladi. Kuoning aytishicha, Apple koʻzoynaklarini ishlab chiqarish 2026 yoki 2027-yildan ertaroq boshlanmaydi.
Garvard universiteti maʼlumotlarida metalinzalar yorugʻlikni fokuslash uchun nanostrukturalardan foydalanadigan tekis sirt sifatida tasvirlangan.
Mish-mishlarga koʻra, iyun oyida boʻlib oʻtadigan WWDC taqdimotida Apple VR garniturasini namoyish qiladi. Bu Apple kompaniyasining Apple AR koʻzoynaklarini ishlab chiqish yoʻlidagi birinchi qadami boʻlib, Kuo bunday VR gadjetlar 2026-yilgacha ishlab chiqarilishini aytgan.
Giglink.uz Apple virtual olamga kirishga tayyorlanayotgani va Apple XR Mixed Reality 2023-yilda ishlab chiqarilishi haqida xabar bergan edi.