GPT sunʼiy intellekt modeli inson fikrini 82% aniqlik bilan oʻqidi

GPT modeli nafaqat odamlarning miyasidagi o‘ylarni, balki ovozsiz Pixar videolaridagi fikrlarni ham o‘qiy oldi.

Texas universiteti olimlari boshchiligidagi tadqiqot natijasi 1-may kuni Nature Neuroscience jurnalida chop etildi. Kompyuter fanlari boʻyicha aspirant Jerri Tang boshchiligidagi jamoa fikrni oʻquvchi sunʼiy intellekt bilan ishlaydigan dekoderni ikki bosqichda ishlab chiqdi.

Avvalo, neyrotarmoqqa qaysi soʻz va iboralar inson miyasida maʼlum signallar paydo qilishini oʻrgatildi. Buning uchun tadqiqotchilar Reddit ijtimoiy tarmogʻidagi avtobiografik hikoyalar va sharhlardan foydalangan, ularning oʻqilishi MRT apparati orqali tahlil qilingan.

Shundan soʻng, tajriba ishtirokchilarining miyasi MRTda skaner qilindi. Bu vaqt mobaynida ular neyron tarmoqni oʻrgatishda ilgari ishlatilmagan yangi hikoyalarni tinglashdi. Umuman olganda, olimlar uch kishining 16 soatlik miya signallarini yozib olishdi.

Natija

  • Nutqni idrok etish (tajribadagilar audioni eshitgan paytida SI ular fikrini oʻqigan) — “fikrni oʻqish” aniqligi 72-84%
  • Aqliy nutq (tajribadagi kishilar bir daqiqalik hikoyani aqliy ravishda aytib berishgan paytida SI ular fikrini oʻqigan) — “fikrni oʻqish” aniqligi 41-74%
  • Koʻrgan narsalarining subektiv talqinini dekodlash (tajribada ishtirok etgan kishilar Pixar videolarini tovushsiz tomosha qilgan) — “fikrni oʻqish” aniqligi 21-45%
Chapda asl matn, oʻngda esa SI oʻqigan matn. Koʻk rangdagi soʻzlar — aniq oʻqilgan, binafsha rang — mazmuni toʻgʻri topilgan, qizil — xatoni bildiradi.
Chapda asl matn, oʻngda esa SI oʻqigan matn. Koʻk rangdagi soʻzlar — aniq oʻqilgan, binafsha rang — mazmuni toʻgʻri topilgan, qizil — xatoni bildiradi.

Ajablanarlisi shundaki, dekoder nafaqat inson fikrlarining mohiyatini toʻgʻri ilgʻadi, balki soʻz birikmalarini aniq topdi: “meni tinch qoʻying”, “baqiring va yigʻlang”, “yerga yoting” va hokazo.

Hozircha xatoliklar bor albatta. Aytaylik, dekoder “Menga sizning yordamingiz kerak emas”ni “endi menga zarar yetkazmaysiz, afsusdaman” deb talqin qildi.

Tadqiqotning maqsadi nima?

Bunday tadqiqot haqida eshitib kelgusida endi fikrlarimni ham berkitolmay qolarkanmanda, deb oʻylayotgan boʻlishingiz tabiiy. Shu sababli ham hozirda dunyo olimlarining bir qismi SI rivojlanishi ustida ishlayotgan boʻlsa, boshqa bir qismi SI insoniyat uchun xavf tugʻdirmasligi yoʻlida izlanishlar bilan band.

Garchi mazkur tadqiqot guruhi barcha xavf-xatarlardan xabardorligi va modelni dekodlash inson roziligini talab qilishini aytishsa ham, kelajakda buni chetlab oʻtish mumkinligini istisno qilmaydi.

Boshqa tarafdan, ehtimol, bir necha yil ichida bunday mini-dekoderlar nutqqa taʼsir qiladigan nevrologik kasalliklarga chalingan (insultdan omon qolgan yoki amyotrofik sklerozi bor) odamlarga dunyo bilan muloqot qilishda yordam berishi ham mumkin.

Avvalroq Giglink.uz “intellektning choʻqintirgan otasi” — texnologik olim Jeffri Xinton sunʼiy intellektdagi faoliyatidagi afsus va qoʻrquvi tufayli Googleʼni tark etgani haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44
Smartfondagi suratlarini zo‘r qilib tahrirlashga yordamchi top dasturlar
Masalan, rasm fonini olib tashlash yoki ranglarini tezda oʻzgartirish kabi.
AI
31 avgust, 13:42
Qozog‘istonda Onix O‘zbekistondagidan arzonroq
Chevrolet Qozog‘istonda yangi avtomobillar ichida yana ko‘p sotiladiganlar safida joy oldi va sotuvlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.
Avto
29 avgust, 22:26