ChatGPT tibbiy maslahat berishda shifokorlardan ham oʻzib ketdi

JAMA Internal Medicine jurnalida chop etilgan tadqiqotga koʻra, tibbiy maslahatlar sohasida ChatGPT professional shifokorlarni ortda qoldirib, batafsilroq va ”chin ko‘ngildan” ko‘rsatma bergan.

Ushbu tadqiqotda Reddit ijtimoiy tarmogʻi bo‘ylab turli foydalanuvchilarning shifokorlarga bergan 195 ta tasodifiy savol va javoblari tahlil qilingan.

Keyin bu tibbiy konsultatsiyalar ChatGPTʼga berilgan va tibbiy mutaxassislar guruhi tomonidan baholangan. Natijalar shuni koʻrsatdiki, ChatGPT javob sifati va bemorning holati boʻyicha shifokorlarga qaraganda yuqoriroq baholangan.

Chatbot javoblari uchun oʻrtacha “yaxshi”dan yuqoriroq ball olgan, shifokorlarning javoblari esa oʻrtacha 21 foizga past boʻlib, “qoniqarli” deb baholandi.

Bundan tashqari, ChatGPT odamlarning holati haqida 80,5% koʻproq qaygʻurishi aniqlandi. Shifokorlar “biroz xayrixohlik” koʻrsatgan, chatbotlar esa oʻz suhbatdoshlari bilan “samimiy” muloqot qilgan yoki oʻzini “juda hamdard” tutgan.

Misol tariqasida, bir kishi aksirganda qoʻlida ogʻriq sezishini aytib bundan tashvishlanish kerakmi, deb soʻradi. Shifokor unga javoban: “Tashvishlanishga hojat yoʻq”, degan. ChatGPT esa “erinmasdan” 5 abzatsdan iborat tavsiyanoma va ogʻriqning kelib chiqishi mumkin boʻlgan sabablarini batafsil yozib berdi.

Biroq, tadqiqotchilar tibbiyotda chatbotlardan foydalanishning xavf-xatarlari va foydalari boʻyicha koʻproq tadqiqotlar oʻtkazish zarurligini taʼkidladilar. Texnologiyaning rivojlanishi bilan sunʼiy intellektdan foydalanish natijasi nima boʻlishi hozircha nomaʼlum. Koʻplab shifokorlar esa, chatbot bevosita tibbiy maslahat bermasa ham elektron yozishmalarni yuritishda foydali boʻladi, deb hisoblashmoqda.

Oldinroq ChatGPT kelajagi porloq kasblar ro‘yxatini tuzib bergan edi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Windowsda Copilot orqali Android-smartfonlarni boshqarish imkoniyati paydo boʻldi
Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun qurilma kompyuter bilan sinxronizatsiya qilinishi kerak.
Texnologiya
04 iyul, 16:25
Samsung Galaxy S25+ flagman modelidan voz kechdi: nega va qanday o‘zgartirishlar kutilyapti?
Bu qaror xaridorlarni qimmatroq Ultra modelini sotib olishga undash uchun qilingan bo‘lishi mumkin.
Smartfon
04 iyul, 12:30
Apple kompaniyasining afsonaviy dizayneri Joni Ive Stiv Djobs bilan ishlaganini eslaydi: uning hayotidagi eng baxtli 15 yil
Ser Joni Ive Apple kompaniyasining sobiq bosh dizayneri bo‘lib, U kompaniyaga 25 yoshida kelgan. Macbook, iPhone, iPad, Apple Watch, AirPods kabi qurilmalar dizaynida ishlagan.
Lifestyle
03 iyul, 16:51
Zamonaviy flagman smartfonlarining puliga arzimasligining 7 sababi
Zamonaviy flagman smartfonlar ko‘plab afzalliklarga ega bo‘lsa-da, ularning yuqori narxi, murakkab ta'mirlash jarayoni va tez eskirishi kabi kamchiliklari ham bor.
Smartfon
03 iyul, 11:20