“Intellektning choʻqintirgan otasi” oʻzining sunʼiy intellektdagi faoliyatidan afsus va qoʻrquvi tufayli Googleʼni tark etdi

Neyrotarmoqlar sohasidagi ishlari uchun “Hisoblash texnikalari boʻyicha” Nobel mukofoti sovrindori boʻlgan Jeffri Xinton rasman ishini tark etgach endi oʻz faoliyati haqida hech qanday senzurasiz gapirishi mumkinligini ma’lum qildi.

2018-yilda sunʼiy intellektning hozirgi gullab-yashnashiga sababchi boʻlgan fundamental ishlari uchun Tyuring mukofotini qoʻlga kiritgan Jeffri Xinton hayotining bir qismiga aylangan ishlaridan afsusda ekanini aytdi.

The New York Times 75 yoshli xodimiga bergan intervyusiga koʻra, Xinton sunʼiy intellektning xavf-xatarlari haqida erkin gapirish uchun Googleʼdagi ishini yaqinda tark etdi.

“Men odatda — agar men buni qilmaganimda, boshqa birov qilgan boʻlardi, mazmunidagi gap bilan oʻzimni aldayman”, dedi Googleʼda oʻn yildan ortiq vaqt davomida ishlagan Xinton.

NYT maʼlumotlariga koʻra, Xinton oʻtgan oy Googleʼni isteʼfoga chiqqani haqida ma’lum qilgan va payshanba kuni toʻgʻridan-toʻgʻri bosh direktor Sundar Pichai bilan gaplashgan. Muhokama tafsilotlari esa oshkor etilmagan.

ChatGPT va Google Bard yaratilishi

Akademik Xinton va uning ikki shogirdi tomonidan asos solingan kompaniyani Google sotib olgandan soʻng akademik kompaniyada, uning shogirdlaridan biri esa OpenAIʼning bosh olimi sifatida ishlay boshladi. Xinton va uning shogirdlari minglab fotosuratlarni tahlil qilgandan soʻng itlar, mushuklar va gullar kabi umumiy obyektlarni aniqlashni oʻrgangan neyron tarmoqni ishlab chiqdilar. Aynan shu ish oxir-oqibat ChatGPT va Google Bard yaratilishiga olib keldi.

NYT intervyusiga koʻra, Microsoft Bingʻni ishga tushirgunga qadar Xinton Googleʼning texnologiya boʻyicha yetakchiligidan doimo faxrlanib kelgan. Xintonning aytishicha, bunday shiddatli raqobatni toʻxtatib boʻlmaydi, yaqin kelajakda dunyoni shunchalik koʻp soxta tasvirlar va matnlar egallaydiki, hech kim “aslida nima haqiqat” ekanligini ajrata olmay qoladi.

Google bosh olimi Jeff Din sunʼiy intellektning kuchayib borayotgan imkoniyatlari haqida shunday deydi: “Biz SI mavzusiga masʼuliyat bilan yondashmoqdamiz. Doimo yuzaga kelayotgan xavflarni tushunishni, shuningdek, dadil innovatsiya qilishni oʻrganib boramiz”.

Xinton, shuningdek, Google boshqaruvidagi oʻz pozitsiyasini aniqlashtirish uchun Twitterʼida shunday degan:

Dezinformatsiyani tarqatish Xintonni doimo xavotirga solib kelgan. U kelgusida, uzoq vaqtlar davomida sunʼiy intellekt odatiy hayot tarzimizni oʻzgartirib yuborishi va ehtimol insoniyatning oʻzini yoʻq qilishidan xavotirda.

“[Bundan sal oldin] sunʼiy intellekt haqiqatan ham odamlardan koʻra aqlli boʻlishi mumkinligi haqidagi gʻoyaga faqat ozchilik ishongan edi”, dedi Xinton NYTga bergan intervyusida. Koʻpchilik bunga hali ancha bor deb oʻylardi. Shu hisobda men ham bunga hali 30-50 yil yoki undan koʻproq vaqt borligiga ishongandim. Endi esa, hech bir shubhasiz, bunday deb oʻylamayman.“

Avvalroq Giglink.uz ChatGPT tibbiy maslahat berishda shifokorlardan ham oʻzib ketgani haqida xabar bergandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04