Apple asoschisi Stiv Jobs haqida ilk realistik kitob taqdim etiladi

Bugun Stiv Jobs rasmiy arxivi ilk nashrni raqamli platformalarda bepul elektron kitob koʻrinishida chiqarishini eʼlon qildi.

Make Something Wonderful kitobiga Apple asoschisining nutqlari, yozishmalari va intervyulari joylangan. U 11-apreldan boshlab raqamli tarqatish xizmatlarida bepul taqdim etiladi. Arxiv jamoasi taʼkidlaganidek, texnologiya afsonasi haqidagi kitob oʻquvchilarni ajoyib ixtirolar yaratishga ilhomlantirish maqsadida toʻplangan. 

Kitob sarlavhasi Jobsning rafiqasi Loren Pauell Jobs tomonidan yozilgan.

Qogʻoz koʻrinishidagi bosma nashr qachon chiqarilishi hozircha nomaʼlum. Xabarlarga koʻra, kitobda hech qayerda koʻrsatilmagan elektron pochta xabarlari, suhbatlar va fotosuratlar boʻladi.

Eslatib oʻtamiz, Stiv Jobs arxivi 2022-yil sentyabr oyida Stiv Jobs hayoti va faoliyatiga oid materiallar manbai sifatida yaratilgan. Arxivda hech qayerga joylanmagan videolar, elektron pochta xabarlari va boshqa materiallar mavjud. Arxiv yaratuvchilari Loren Pauell Jobs, Joni Ayv va boshqalar.

Ma’lumot uchun, 1976-yil 1-aprelda AQShning Los-Altos shahrida Apple Computer roʻyxatdan oʻtgan edi. Uning asoschilari va ilk aksiyadorlari Stiv Jobs, Stiv Voznyak va Ronald Ueyn boʻlgan.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44
Smartfondagi suratlarini zo‘r qilib tahrirlashga yordamchi top dasturlar
Masalan, rasm fonini olib tashlash yoki ranglarini tezda oʻzgartirish kabi.
AI
31 avgust, 13:42
Qozog‘istonda Onix O‘zbekistondagidan arzonroq
Chevrolet Qozog‘istonda yangi avtomobillar ichida yana ko‘p sotiladiganlar safida joy oldi va sotuvlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.
Avto
29 avgust, 22:26