Sunʼiy intellekt kelajagi porloq kasblar ro‘yxatini tuzib berdi
Kelajagi porloq kasblar ro‘yxatida tabiiyki, ChatGPT kabi sunʼiy intellekt modellarini ishlab chiqish bilan shugʻullanadigan, algoritmlar va mashinaviy oʻrganish tizimlari boʻyicha mutaxassis — dasturiy taʼminot muhandisi kasbi ilg‘orlik qilmoqda.
Esingizda bo‘lsa, Giglink.uz avvalroq sun’iy intellekt ta’sirida yo‘qolib ketishi mumkin bo‘lgan kasblarni keltirib o‘tgandi. Yarim million obunachiga ega NN YouTube kanali esa ChatGPTʼdan kelgusida rivojlanib ketadigan kasblar ro‘yxatini soʻradi.
Ikkinchi oʻrin robototexniklarga nasib etdi, uning vazifasiga robotlarni ishlab chiqish va loyihalash, ishlab chiqarish jarayonlariga integratsiyalash, shuningdek, robotlarni diagnostika qilish hamda taʼmirlash ishlari kiradi.
Kiberxavfsizlik boʻyicha mutaxassis uchinchi oʻrinni egalladi. Bunday mutaxassislar kompyuter tizimlari va tarmoqlarini himoya qilishlari, turli hujumlarni aniqlashi, ularga tayyor turishi, xavfsizlikni kuchaytirish choralarini ishlab chiqishi lozim.
Shuningdek, oʻntalikka biotexnolog, virtual va kengaytirilgan haqiqatni ishlab chiquvchi, blokcheyn muhandisi, energiya barqarorligi boʻyicha muhandis, gen terapiyasi va genlarni tahrirlash boʻyicha mutaxassis, maʼlumotlar tahlilchisi va dasturiy taʼminot muhandisi ham kiradi.