Spoyler: “Avatar 3” premyera sanasi, syujeti va yangi qahramonlari ma’lum bo‘ldi

Uchinchi qismdan ba’zi kadrlar, qahramonlar tarkibi va namoyish qilinish sanasi ochiqlandi.

“Avatar: Suv yoʻli” filmining ulkan muvaffaqiyatidan soʻng muxlislar 3-qism haqida koʻproq maʼlumot olishga intilmoqda.

Jeyms Kemeron rejissyorligidagi film 3-qismi haqida hozircha juda koʻp tafsilotlar ochiqlanmagan, ammo baʼzi kichik maʼlumotlar, jumladan, “Kul odamlar” deb nomlanuvchi qizil teriga ega Naʼvi olov odamlari va bir nechta yangi hech qachon koʻrilmagan Pandora biomlari haqida bilishga muvaffaq boʻldik.

Avatar 3 konsepsiyasi tasvirlaridan/Disney
Avatar 3 konsepsiyasi tasvirlaridan/Disney

Yaqinda Reddit ijtimoiy tarmogʻida yangi filmning tasvirlari tarqalib ketdi: rasmda Chempion oʻrgimchak (birinchi marta Avatar 2 filmida bu obraz batafsil ochib berilgan) Kiri Sigurni Uiver bilan birga suv ostida suzayotgani koʻrsatilgan.

“Avatar: Suv yoʻli” franshizasida debyut qilgandan soʻng, Jek Chempionning oʻrgimchak obrazi uchinchi filmida ham Pandora odisseyining ajralmas qismi boʻlib qolaveradi. Shuningdek, yangi qismda qahramonlardan ba’zilarining rangi o‘zgarishi ham mumkin.

Avatar 3 konsepsiyasi tasvirlaridan/Disney
Avatar 3 konsepsiyasi tasvirlaridan/Disney

Kemeron allaqachon Oʻrgimchak “Avatar 3” filmida “muhim personaj boʻlib qolishini” maʼlum qilgan va u Sem Uortingtonning Jeyk va dastlabki ikki filmdagi yovuz qahramon Mayl Kvaritch (Stiven Lang oʻynagan) oʻrtasidagi bogʻliqlikni taʼminlab turishini taʼkidlagan.

Avatar-3 kinoteatrlarga 2024-yil 20-dekabrda chiqadi.

Avvalroq, “Wednesday” seriali ikkinchi fasli ba’zi tafsilotlari ma’lum qilingan edi.


Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44