Sariq iPhone 14 to‘q sariqmi yoki och sariq?

Apple 7-mart kuni iPhone 14 va 14 Plus’ni yangi rangda taqdim etdi. Hi-tech nashriyoti sariq iPhone’ni banan, pishloq va Alyonka shokoladi bilan solishtirib ko‘rdi.

Smartfonning rangi to‘qroq bo‘lib chiqdi, lekin buni bir qarashda ilg‘ash qiyin. Alyonka shokoladi yoki sarg‘ish stiker kabi turli sariq rangdagi buyumlar bilan yonma-yon qo‘yganda, qurilma asl tusini farqlash mumkin. Qirralari bronza rangida.

Ma’lumot uchun, Apple kompaniyasi mart oyida yangi rangdagi smartfonlar chiqarishni o‘ziga xos an’anaga aylantirgan. Misol uchun, kompaniya bir yil avval iPhone 13 yashil, ikki yil avval iPhone 12 binafsha rangini taqdim etgandi.

iPhone 14’ga yangi rangdan boshqa hech qanday o‘zgartirishlar kiritilmagan. Bu o‘sha-o‘sha iPhone 13’ning biroz takomillashtirilgan versiyasi bo‘lib,  A15 Bionic protsessorida ishlaydi, 60 Gts chastotada 6,1 dyuymli OLED displey va 12 megapikselli qo‘sh kameraga ega. iPhone 14 Pro’dagi Dynamic Island iPhone 14’da yo‘q.

Apple shuningdek, silikon chexollar to‘plamini taqdim etdi:

Canary Yellow - sariq
Canary Yellow - sariq
Olive - to'q yashil, zaytun rangi
Olive - to'q yashil, zaytun rangi
Sky - musaffo osmon
Sky - musaffo osmon
Iris - binafsha rang
Iris - binafsha rang

Oldinroq iPhone 14 yangi rangiga bag‘ishlangan video-rolik namoyish qilingandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44