Apple sariq iPhone 14 uchun reklama roligi chiqardi

Sariq iPhone 14 va 14 Plus smartfonlarining chiqarilishi munosabati bilan Apple kompaniyasi Hello Yellow (“Salom sariq”) deb nomlangan yangi reklama roligni chiqardi.

Video rolig taxminan 30 soniya davom etadi. Video animatsion va “live-action” sahnalarini birlashtiradi. Videoda belgiyalik qoʻshiqchi Lioning Le Banana Split qoʻshigʻidan foydalanilgan.

Syujet markazida bir yigit choʻntagidan yangi rangdagi iPhone 14 smartfonini chiqarganida, darhol yorqin va “sariq” multfilm olamiga tushib qoladi. Yigit shahar boʻylab sayr qilib, smartfonda boshqa odamlar va ertak qahramonlarini suratga oladi.

Bir soatdan kamroq vaqt ichida yangi reklama roligi Appleʼning YouTubeʼdagi kanalida 50 000 dan ortiq koʻrish va 5 500 ga yaqin “layk” toʻpladi.

Sariq iPhone 14 va 14 Plus uchun oldindan buyurtmalar 10-martdan boshlangan. Yangi mahsulotlarning savdosi 14-mart kuni boshlandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Apple 2024 yilgi iPad mini 7 planshetini taqdim etdi: 128GB versiyasi 499 dollardan boshlandi
Apple’ning ta'kidlashicha, iPad mini 7 iPad mini 6-avlodga nisbatan 30% tezroq ishlaydi.
Texnologiya
15 oktabr, 21:11
Samsung Galaxy S24 Ultra — Yarmi yillik tajribadan so‘ng: Bu sotib olishga arziydimi?
Samsung Galaxy S24 Ultra arzon emas — narxi 12 260 000 ming so‘mdan boshlanadi. Biroq, 2024 yilning kuzida bu sarmoya qanchalik o‘zini oqlaydi?
Smartfon
13 oktabr, 11:45
Microsoft Android-smartfonlar uchun ilovalar doʻkonini ishga tushiradi
Microsoft, AQSh sudining qarori tufayli Google’ni Android tizimini uchinchi tomon ilovalar doʻkonlari foydalanishi uchun ochiqroq qilishga majbur qilish imkoniyatidan foydalanmoqda.
Texnologiya
13 oktabr, 09:47
Yangi Xiaomi 15 Pro smartfonining dastlabki renderlari paydo bo‘ldi.
Apple ham, Samsung ham dizaynini o‘zgartirayotgani yo‘q, va endi Xiaomi ham shu yo‘ldan bormoqda.
Smartfon
06 oktabr, 13:18