Bu yili yangi MacBook va iPads chiqarilmaydigan bo‘ldi. Apple chiplari talabga javob bermadi
Apple mazkur yilda chiqarilishi rejalashtirilgan M3 chipli yangi MacBook va iPadʼlarni kelgusi yilga qoldirdi. Ma’lum bo‘lishicha, M3 chiplari ishlashi kompaniya kutganidek bo‘lib chiqmagan.
M3 chipi Apple kompaniyasining yangi avlod protsessori boʻlib, u TSMC 3nm yordamida ishlab chiqariladi va hozirgi M2 chipiga nisbatan ancha yuqori unumdorlik va quvvat sarfiga ega boʻlishi kutilmoqda. M3 chiplari birinchi navbatda MacBook va iPadʼlarda foydalanuvchilarga yanada qulay ishlash va uzoqroq batareya quvvatini taqdim etish uchun ishlatiladi.
Xabarlarga koʻra, Apple bu yil M3 chipli bir nechta qurilmalarni, jumladan Touch Barli 13 dyuym MacBook Pro, ikki oʻlchamdagi yangi MacBook Air va keyinroq OLED ekranli iPad Proni chiqarishni rejalashtirgandi.
Biroq kompaniya TSMC 3nm jarayonida baʼzi texnik qiyinchiliklarga duch keldi va u Apple talablariga javob bera olmadi. Twitter insayderi Revegnusning soʻzlariga koʻra, Apple M3 chipining chiqarilishini keyingi yilga kechiktirishga qaror qildi, yaʼni bu yili M3 chipli Mac yoki iPadʼlar boʻlmaydi.
Albatta, bu Apple 2023-yilda yangi qurilmalarni taqdim qilmaydi degani emas. Bu yil Apple shuningdek, A17 bionik chipli iPhone 15 seriyasini chiqaradi. A17 bionik chipi ham TSMC ning 3nm dan foydalangan holda ishlab chiqariladi, ammo iPhone Apple kompaniyasining eng muhim qurilmasi boʻlib, sotuvlari Mac va iPad sotuvlaridan ancha yuqori boʻlganligi sababli, Apple M3 hisobidan A17 bionik chiplarini yetkazib berishga muhim eʼtibor beradi.
Yangi Mac va iPadʼlarning taqdim etilmasligi toʻgʻrisidagi mazkur yangilik hozircha rasman tasdiqlanmagan va shu sababli, uning qanchalik haqiqatligi aniq emas. Giglink.uz yangilikni toʻldirib boradi va soʻnggi oʻzgarishlarni birinchilardan boʻlib taqdim etadi.