YouTube 10 yilda erishgan natijaga ChatGPT 1 yilda chiqdi
Open.AI kompaniyasi GPT modeli va ChatGPT chat-boti ortidan 2024-yilda 1 milliard dollar yillik daromad olishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Taqqoslash uchun, Google 2016-yilda Youtube tarmog‘ini 1,65 mlrd dollarga sotib olgan edi. Taqdim etilganiga endigina 7 oy bo‘lgan ChatGPT esa, kelgusida yilda 1 milliarddan ortiq summa foyda keltiradi.
Kompaniya vakillarining so‘zlariga ko‘ra, ishlab chiquvchilar joriy yilda 200 million dollar yillik daromad, kelgusi yilda esa bu summani 1 milliard dollarga oshirishni rejalashtirmoqda. Mazkur raqamlar yangilangan GPT-4 va bot neyron tarmoq modelining mashhurligiga asoslangan.
Har ikki texnologiya kundan-kunga ko‘proq kompaniyalarni jalb qilmoqda.
Misol uchun, GPT neyron tarmog‘ining xaridorlaridan biri CarMax avtomobil sotuvchisi hisoblanadi. Microsoft esa o‘zining qidiruv tizimi uchun neyron tarmoq texnologiyasini asos qilib olmoqda.
Oldinroq ChatGPT sunʼiy intellekti bilan ishlaydigan smart soat ishlab chiqilgani haqida xabar berilgandi.