Windows uchun ChatGPT dasturining desktop versiyasini chiqdi
AI
19 oktabr, 22:49
ChatGPTni endi Windows uchun alohida ilova sifatida yuklab olish mumkin. Lekin hamma uchun emas

ChatGPT endi Windows uchun ham alohida ilova ko‘rinishida chiqdi. Lekin hozircha bu ilovadan hamma foydalana olmaydi, faqat pulli obunachilar uchun mavjud.
OpenAI bu ilovani hozir sinovdan o‘tkazmoqda, shuning uchun dastur hali hamma uchun ochiq emas. Uni Microsoft Store’dan yuklab olish mumkin.

Mac uchun chiqqan versiya kabi, Windows uchun ChatGPT ham maxsus ilova oynasi orqali chat-botga savol berish imkoniyatini yaratadi. Brauzer orqali foydalanish imkoniyati hamon bor, lekin ba’zi holatlarda ilova orqali ishlash qulayroq bo‘lishi mumkin.
Hozircha bu ilova web-versiyadan biroz kamroq imkoniyatlarga ega, masalan, unda ovozli muloqot funksiyasi yo‘q.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Meta kampaniyasi: Facebook’da o‘g‘irlangan kontentga qarshi kurashni kuchaytirdi
Meta kompaniyasi Facebook’da boshqalarning matni, fotosi yoki videosini qayta-qayta tarqatadigan, o‘zini asl muallif sifatida ko‘rsatadigan akkauntlarga qarshi keskin choralar ko‘rayotganini ma’lum qildi.
Ijtimoiy tarmoqlar

Xiaomi yangi arzon telefoni Redmi 15C: xususiyatlari va chiqish sanasi
Xiaomi o‘zining mashhur Redmi 14C modelining davomi – Redmi 15Cni taqdim etmoqchi. Bu telefon arzon narxda yaxshi imkoniyatlar taklif qiladi.
Smartfon

Samsung Galaxy’ga yangi xavfsizlik funksiyalari qo‘shildi — telefoningizni himoya qilishni hoziroq boshlang!
Bugungi kunda telefon o‘g‘irligi ayniqsa shaharlarda ko‘p uchraydi. Eng ko‘p nishonga olinadigan qurilmalardan biri esa – Samsung Galaxy. Yaxshi yangilik shuki, endi Galaxy foydalanuvchilari uchun qurilma xavfsizligini oshiradigan yangi imkoniyatlar ishga tushirildi. Ular telefon yo‘qolsa yoki o‘g‘irlangan taqdirda ma’lumotlaringizni saqlab qolishga yordam beradi. Muhimi — bu funksiyalarni oldindan yoqib qo‘yish kerak!
Smartfon

Google Chrome'ga qidiruv panelini pastga ko'chirish funksiyasi qo'shildi.
Nihoyat, Google Android foydalanuvchilarga Chrome brauzerida manzil (adres) panelini ekran pastiga tushirish imkoniyatini taqdim etdi. Bu imkoniyat iPhone (iOS) foydalanuvchilari uchun allaqachon 2023-yildan beri mavjud edi.
Ijtimoiy tarmoqlar