Kun gadjeti: ChatGPT sunʼiy intellekti bilan ishlaydigan smart soat ishlab chiqildi
Smart soat inson va sun’iy idrok o‘rtasida o‘zaro kommunikatsiyani yaratish imkonini beradi.
ChatGPT — OpenAI tomonidan ishlab chiqilgan til modeli boʻlib, u tabiiy tilni tushunish va turli soʻrovlarga aqlli javoblarni taqdim etish uchun moʻljallangan. Ayni paytda avtomatik tarjima va kontent yaratish borasida imkoniyatlarini keng namoyish qilgan ChatGPT taʼsiri borgan sari texnologiya sanoatida oʻsishda davom etishi kutilmoqda.
Zepp Health kompaniyasiga tegishli, smart soatlar ishlab chiquvchi Amazfit, ChatGPT AI asosida dasturlangan dunyodagi birinchi aqlli soatni taqdim qildi. Yangi texnologiya ChatGPTʼning nafaqat salomatlik va fitnes maʼlumotlarini aks ettiruvchi, balki odamlar va sunʼiy intellekt oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirni koʻrsatuvchi gadjet vazifasini oʻtaydi.
Amazfit ChatGPTʼning smart soatlar operatsion tizimi Zepp OSʼga integratsiyalashuvi texnologiya sanoatidagi muhim bosqichdir. Smart soat “interfeysida” ChatGPT yordamida bir qator qulayliklar yaratilgan.
2015-yilda ilk bor taqdim etilganidan beri Amazfit 90 dan ortiq mamlakatlarda millionlab foydalanuvchilarga ega boʻldi. Foydalanuvchilarning jismoniy tayyorgarligi va sogʻligʻini yaxshilashga moslashgan brend aqlli soat-gadjetlar bozorida ilgʻorlikka erishdi.
Dunyodagi birinchi ChatGPT AI bilan dasturlangan soat koʻrinishi va funksiyalari gadjet yangi smart soatlar davrini boshlab berishidan dalolat bermoqda.