“Geym-developerlar 96 Gb grafik xotirani shu paytgacha koʻrmagan edi”. Yangi Apple Mac oʻyin sanoatining barcha muammolariga yechim boʻladi

Apple kompaniyasi Mac uchun maxsus protsessorlarni oʻzi ishlab chiqarishni boshlaganidan soʻng, koʻrinadiki, endi Game System sohasiga ham kirib bormoqchi. Shu maqsadda kompaniya oʻyin uchun maxsus Mac va hattoki oʻyinlarni oʻzini ishlab chiqmoqchi.

Apple kompaniyasi platformalar arxitekturasi boʻyicha vitse-prezident Tim Millet hamda marketing boʻyicha vitse-prezident Bob Borchers brendning oʻyinlar uchun maxsus rejalari haqida maʼlum qilishdi.

TechCrunch texnologik blogiga bergan intervyusida top-menejerlar ayni paytda kompaniya faqatgina har bir yangi chipning samaradorligini oshirish bilan cheklanib qolmasdan, innovatsiyalar olamida maksimal imkoniyatlardan foydalangan holda yangi mahsulot ishlab chiqishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyganini aytishdi.

Yangilikning qanchalik muvaffaqiyatga erishishi haqida soʻz borar ekan, mutaxassislar Appleʼning allaqachon taqdim etilgan M2 Maxʼida mavjud 96 Gb grafik xotirani taʼkidlab oʻtgan:

“Biz M2 Maxʼda taqdim etgan 96 Gb garfik xotirani oʻyin dasturchilari shu paytgacha hali hech qayerda koʻrmagan. Oʻylaymizki, ular buni his qilishadi, chunki imkoniyatlar rostdan ham oʻziga xos. Ular shu paytgacha anchayin kichik video-xotira bilan ishlashgan”.

Biroq Apple mazkur chiplarning samaradorligiga oid maʼlumotlarni ochiqlashni istamaydi — shunchaki kompaniya azaldan shunday yoʻl tutib kelgan.

Borchers va Millet kompaniyaning Intel bilan hamkorligini ijobiy baholagan holda Apple oʻz dasturiy va qurilmaviy resurslaridan foydalanishni boshlagani uchun bu borada mustaqil nazorat oʻrnatishga kirishayotganini aytgan. Soddaroq qilib aytadigan boʻlsak, M seriyasidagi Apple tomonidan mustaqil ishlab chiqarilgan chiplari brendning oʻyin sanoatidagi oʻrnini oshirishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, kelgusida ishlab chiqariladigan barcha Apple kompyuterlari grafikasi sezilarli oshishi ham aytilgan.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04