Apple AirPods’da endi SMS-xabar yozish mumkin bo‘ladi
Patentlangan quloqchin keysi variantlaridan birida quticha orqali Apple Musicʼdan foydalanish koʻzda tutilgan. Bu sizga musiqa tinglash, ovoz balandligini sozlash, qoʻshiqlarni tanlash va hokazo imkoniyatlarni beradi. Lekin bu hammasi emas.
Appleʼning yana bir patentidan maʼlum boʻlishicha, kompaniya interaktiv sensorli ekranga ega AirPods zaryadlash qutisini ishlab chiqmoqda.
MacRumors nashrining taʼkidlashicha, yangi quti audio manbalarni boshqarish va AirPods ulangan qurilmadagi ilovalar bilan ishlash imkonini beradi.
Gap 2021-yil sentyabrida Apple topshirgan va AQSh Patent va savdo belgilari idorasi tomonidan oʻtgan hafta tasdiqlangan quloqchin patenti haqida ketmoqda.
Hammamizga maʼlum, AirPods qutilari odatda zaryadlash vazifasini oʻtaydi xolos. Buning ustiga bu qutilarning tashqi tomonida necha millimetr boʻsh joy boʻlsa… bundan unumli foydalanish kerak albatta.
Patentda aytilishicha, foydalanuvchilarga eshitishni boshqarish, tovush manbalarini, ovoz rejimlarini va hokazolarni oʻzgartirishi mumkin boʻlgan eshitish vositasiga ehtiyoj bor.
Apple AirPods qutisi qoʻshimcha ilovalardan foydalanish uchun xizmat qilishi ham mumkinligini aytilgan. Masalan, korpusning sensorli ekrani iPhone, Telefon, Pochta, Xabarlar, Kamera, Taqvim, Ob-havo, Xarita va boshqalar kabi ilovalarga kirish imkonini beradi.
Avvalroq Giglink.uz “Tetris” video-oʻyini haqida film taqdim etganini xabar bergandi.