Google Bard va Google Search: O‘zbekistonda foydalanish, farqi, funksiyalari haqida batafsil

Google kompaniyasi 10-may kuni yangilangan Bard sun’iy intellekti va SI asosidagi Google qidiruv tizimini taqdim qildi. Har ikki texnologiya sun’iy intellekt bilan ishlaydi va ma’lumot olishda ishlatiladi. Quyida ulardan foydalanish, farqi va ChatGPT’dan ustunlik taraflari haqida eng batafsil maqolani taqdim qildik.

Google oʻzining sunʼiy intellektga asoslangan Bard chatbotining ommaviy ishga tushirilishini eʼlon qildi. Bugundan boshlab Bard AI chatboti dunyoning 180 mamlakatidagi foydalanuvchilar uchun navbat va cheklovlarsiz taqdim etiladi.

Bard chatboti dunyoning 40 tili va 20 ta dasturlash tillarida taqdim etiladi.

Google I/O
Google I/O

Google Bard o‘zi nima?

Bard — bu Googleʼning AI asosidagi chatbot xizmati. U ChatGPTʼga oʻxshab ishlaydi, eng katta farq shundaki, Google xizmati maʼlumotni Internetdan oladi.

Bot nafaqat turli tillardagi savollarni tushunadi, balki ularga javob beradi. Yangi funksiyalar tahrirlash va suratlarga izoh yozishni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, yangilangan versiyada javoblarni Bardʼdan Gmail va Documentsʼga osongina oʻtkazish mumkin boʻladi.

Maʼlumot uchun, Bard 6-fevral kuni Google va Alphabet bosh direktori Sundar Pichaining bayonotida taqdim etilgan.

Google Bard qanday ishlaydi?

Google Bard Google I/O 2023 konferensiyasida taqdim etilgan Google kompaniyasining eng ilgʻor Katta Til Modeli (LLM) PaLM 2 asosida yaratilgan.

2022-yil aprel oyida chiqarilgan PaLMʼning yanada ilgʻor versiyasi boʻlgan PaLM 2 Bardʼga ancha samarali va yuqori darajada ishlash, hamda oldingi muammolarni bartaraf etish imkonini beradi.

Bardʼning asl versiyasida — 2017-yilda ixtiro qilingan va kashf etilgan Google neyron tarmogʻi arxitekturasi Transformer'da qurilgan LaMDAʼdan foydalanilgan. Qizigʻi shundaki, Google maʼlumotlariga koʻra, ChatGPT ishlaydigan GPT-3 til modeli ham Transformerʼda qurilgan.

Google oʻzining LLMʼlari, LaMDA va PaLM 2 dan foydalanish qarori Google tomonidan yaxshi yechim boʻldi, chunki hozirda eng mashhur SI chatbotlari, jumladan ChatGPT va Bing Chat GPT seriyasidagi LLMʼlardan foydalanadi.

Google Bardʼdan kimlar foydalanishi mumkin?

Google I/O taqdimotida texnologiya giganti endi Bard uchun navbat boʻlmasligini eʼlon qildi, yaʼni u keng jamoatchilikka namoyishdan keyinroq ochiq boʻladi.

Avvalgi Google Bard kutish roʻyxati 2023-yil 21-martda ochilgan va undan foydalanish AQSh hamda Buyuk Britaniyadagi cheklangan foydalanuvchilarga taqdim etilgan.

Google Search va Bardʼning farqi nimada?

Kompaniyaning taʼkidlashicha, anʼanaviy Google qidiruvi hali ham maʼlumotlarni qidirish va topish uchun ishlatilishi kerak.

Google I/O taqdimoti
Google I/O taqdimoti

Bard — bu suhbatlashish koʻrinishidagi chatbot boʻlib, kod yaratish yoki fotosuratga sarlavha yozish kabi ijodiy ishlar uchun moʻljallangan.

Google Searchʼdagi sunʼiy intellekt nimani anglatadi?

Search Generative Experience deb nomlangan ilgʻor qidiruv tajribasi bilan anʼanaviy Google bosh sahifasida ishlaydi.

Google Search yangi ko‘rinishi
Google Search yangi ko‘rinishi

Farqi: agar yangi Google generativ SIdan soʻrovga javob berish uchun foydalanish mumkinligini aniqlasa, SI tomonidan yaratilgan javob natijalar sahifasining yuqori qismida koʻrsatiladi. Internetga anʼanaviy havolalar quyida oʻz holicha qoladi.

Masalan, “San-Fransiskodagi ob-havo” soʻzini qidirish odatdagidek foydalanuvchini sakkiz kunlik prognozga yoʻnaltiradi, Kaliforniya shahrida qanday kiyim kiyish kerakligi haqidagi soʻrov esa sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan javobga olib boradi.

Bard, shuningdek, ChatGpTʼga oʻxshab suhbatni uzoq davom ettirish uchun uni boshidan oxirigacha eslab qoladi.

Biroq, kompaniyaning taʼkidlashicha, suhbat rejimi shaxsiyat mazmunida bo‘lmaydi; u faqat qidiruv natijalarini yaxshilash uchun moʻljallangan.

Uning javoblarida Bing va ChatGPTʼdan farqli oʻlaroq, hech qachon “men” deb oʻz nomidan gapirmaydi.

Yangilangan Google Searchʼdan qanday foydalanish mumkin?

Hozircha buning iloji yoʻq. Kelgusi haftalarda aqshlik dasturchilar Search Generative Experience xizmatidan foydalanish uchun kutish sinov bosqichiga navbatga yozilib qoʻyilishi mumkin boʻladi.

Google I/O
Google I/O

Bardʼdan qachon foydalanish mumkin boʻladi?

Kompaniya chorshanba kuni Bard hozirda 180 mamlakat va hududlarda kutish roʻyxatisiz foydalanish mumkinligi va qoʻllab-quvvatlashni 40 ta tilga kengaytirishni rejalashtirayotganini aytdi.

Foydalanish uchun, shaxsiy Google akkaunti yoki administratoringiz Bardga kirishga ruxsat bergan Google Workspace profili kerak bo‘ladi.

  • 18 yoshdan katta bo‘lish talab qilinadi.
  • Bard quyidagi brauzerlarda ishlaydi: Chrome, Safari, Firefox, Opera yoki Edgium.
Bard ayni paytda O‘zbekistonda ham ishlayapti
Bard ayni paytda O‘zbekistonda ham ishlayapti

Rasmda ko‘rib turganingizdek, Bard savolga javob berganida uni osongina yuklab olish yoki ulashish, shuningdek, so‘rov uchun tezkor Google qidiruv tizimiga o‘tish mumkin.

Avvalroq ta’kidlaganimizdek, o‘tgan taqdimot va mazkur loyihalar Google uchun investorlar, raqobatchilar hamda xodimlari oldida hali ham sunʼiy intellekt sohasida yetakchi ekanligini isbotlash imkoniyati edi. Buni kompaniya qanchalik uddalayapti — Bard’dan foydalangan holda baho bering va Telegram guruhimizda fikringizni qoldirishni unutmang.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04