Universal Google tarjimon videolarni ovozli tarjima qiladi va soʻzlovchining yuz harakatlarini talaffuzga moslashtiradi

Google tarjima va dublyaj texnologiyasini yangi bosqichga koʻtarishga muvaffaq boʻldi: sunʼiy intellekt endilikda nafaqat videoga yozib olingan nutqni tarjima qila oladi, balki uning artikulyatsiyasini (soʻzlarni talaffuziga koʻra, yuz va lab harakatlarini) boshqa tilga tarjima qilish darajasida moslashtira oladi.

Boshqacha qilib aytadigan boʻlsak, odamning lablari harakati boshqa tilda aytilgan soʻzlar bilan sinxronlashtiriladi.

Mazkur universal tarjimon ishi bir necha bosqichlardan iborat:

Birinchidan, tizim videoda gapirayotgan odamning nutqini “eshitib” taniydi va uni matn shakliga oʻtkazadi. Ushbu matn darhol kerakli tilga soʻzlovchining ovoz tembrlari va soʻzlarga bergan urgʻusi bilan tarjima qilinadi.

Google I/O
Google I/O

Keyin, boshqa tildagi yangi nutq ostida, nafaqat lablar va yuz ifodalari, balki soʻzlovchining imo-ishoralari ham sinxronlashtiriladi. Yakuniy videoda soʻzlovchi dastlab boshqa tilda gapirganga oʻxshaydi, lekin u bu shunchaki Google universal tarjimoni natijasi.

Bu texnologiya kinoda dublyaj uchun, yoki hech boʻlmaganda taʼlim sohasida katta imkoniyatlar ochadi. Google mazkur texnologiyasi (va umuman SIdan) haqli ravishda qoʻrqishiga asos bor, chunki bunday vosita ertami-kechmi uning yordami bilan, masalan, turli taniq shaxslar, siyosatchilarning ommaviy bayonotlarini soxtalashtirishni xohlaydiganlarni qiziqtirishi mumkin. Shu sababli korporatsiya nafaqat ishonchli hamkorlar orqali “universal tarjima” texnologiyasini tarqatishni, balki natijada olingan videolarni tomoshabinga video sunʼiy intellekt mahsuli ekanligini tushunish imkonini beruvchi turli xil watermark belgilari oʻrnatish niyatida.

Ma’lumot uchun, 10-may kuni Google kompaniyasining dasturchilar uchun yillik yirik konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Telegram mini-ilovalari endi telefoningizda to‘liq ekran rejimida ishlashi mumkin
Endi Telegram mini-ilovalari uchun yorliqlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri telefoningizning bosh ekraniga joylashtirishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlar
18 noyabr, 23:55
Vivo Y18t yangi smartfoni atigi $90 bilan sotuvga chiqdi
Lekin tezkor quvvatlanish imkoniyati yo'q.
Smartfon
13 noyabr, 10:23
iPhone 15 - dunyodagi eng ko'p sotilayotgan smartfon, Samsung Galaxy S24 esa 10-o'rinda
Samsung smartfonlar bozorida yetakchilik o'rnini yo'qotmoqda - kompaniyaning jahon bozoridagi ulushi 21 foizdan 18 foizga tushdi
Smartfon
09 noyabr, 10:22
Galaxy S25 Slim modeli 200 megapiksellik "ultra kamera"ga ega bo'ladi - Insayderlar
Ushbu ma'lumot model rasmiy texnik xususiyatlari e'lon qilinishidan oldin paydo bo'ldi
Smartfon
09 noyabr, 10:04