Appleʼdan yangilanish fasli uchun yangicha rang: iPhone 14 va iPhone 14 Plus modellarida oʻzgarish boʻlishi mumkin

Biz hali taqdim etilmagan iPhone 15 haqida yangiliklar kutib turgan bir paytda, Apple iPhone 14ʼda oʻzgarishlar qilishi haqida insayderlar xabari tarqaldi. Aytilishicha, tez orada iPhone 14 va iPhone 14 Plus yangicha rangda taqdim qilinishi mumkin.

Yaponiyaning MacOtakara blogi tomonidan eʼlon qilingan Weibo xabariga koʻra, texnologik gigant bahorda sariq rangdagi modellarni chiqarishni rejalashtirmoqda.

Weibo xabari rasman tasdiqlanmagan boʻlsa-da, yana bir MacRumors blogi, bir nechta manbalar Apple kompaniyasining PR jamoasi kelgusi hafta yangi iPhone 14ʼning navbatdagi rang varianti yoki boshqa qoʻshimcha funksiyalarini taqdim qilishi mumkinligini tasdiqlayotganini maʼlum qilgan.

"Bahor, iPhone 14, sariq".
"Bahor, iPhone 14, sariq".

Yangi rang sotuvni oshirish va dunyo OAVi eʼtiborini jalb qilish uchun qoʻllanilayotgan marketing taktikasi boʻladi. Misol tariqasida, oʻtgan yili ham kompaniya iPhone 13 seriyalari uchun yangi yashil rang va aprel oyida esa, iPhone 12 va iPhone 12 mini uchun toʻq qizil ranglarni taqdim qilgandi.

Ayni paytda iPhone 14 va iPhone 14 Plus koʻk, binafsha, yarim tun (tim qora), yulduz yorugʻligi (oq/kumush) va qizil rangda sotuvga chiqarilgan, iPhone 14 Pro modellari esa toʻq binafsha, oltin, kumush va kosmik ranglarda mavjud.

14 modellari sariq rangda taqdim etiladimi, yoki yoʻq — hozircha nomaʼlum, balki sotuvga chiqarish vaqti kechiktirilishi ham mumkin. Yorqin och sariq rangda chiqarilishi mumkinligi borasida baʼzi muxlislar bu rang flagmanning yanada koʻproq sotilishiga sabab boʻladi, desa, baʼzilari bunday yorqin sariq rangni qoʻllash noprofessionallarga xos, demoqda.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi 14T va 14T Pro flagman smartfonlari rasman taqdim etildi, narxlari 7 369 000 so‘mdan boshlanadi
30-sentabr kuni Toshkentda Xiaomi 14T seriyasidagi smartfonlarning taqdimoti bo'lib o'tdi
Smartfon
02 oktabr, 08:19
Hamster Kombat tokeni birjalarda sotila boshladi. Nimalarni bilishingiz kerak?
Hamster Kombat (HMSTR) tokeni ilk bor kriptovalyuta birjalarida sotila boshladi. Binance’da savdo boshlanganda, HMSTR tokenining narxi $0.01 edi.
Texnologiya
26 sentabr, 21:58
iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44