Sony Xperia 1 V va Samsung Galaxy S23 Ultra: qaysi flagman kamerasi yaxshiroq?

Yaqinda taqdim etilib vloger va yutuberlar uchun eng zo‘ri, deb atalgan Sony Xperia 1 V hamda Samsung kompaniyasining so‘nggi o‘n yillikdagi eng kuchli smartfonini har tomonlama solishtiramiz.

Narxi

  • Oldin ham aytib oʻtganimizdek, Sony Xperia 1 V narxi oldingi modellarga nisbatan qimmat — 1 635$.
  • Samsung Galaxy S23 Ultra — 1 031$ dan-1 482$ gacha.

Sony Xperia 1 V va Samsung Galaxy S23 Ultra bir qarashda:

  • Xperia 1 V Galaxy S23 Ultra-dan sezilarli darajada yengilroq.
  • Xperia 1 V Galaxy S23 Ultraga qaraganda yuqori aniqlikdagi displeyga ega.
  • Xperia 1 V kengaytiriladigan xotiraga, 3,5 mm eshitish uchun slotga va Galaxy S23 Ultra’da topilmaydigan maxsus rasmga olish tugmaga ega.
  • Galaxy S23 Ultra Xperia 1 V ga qaraganda tezkor simli quvvatga ega.
  • Galaxy S23 Ultra S Pen’ni qoʻllab-quvvatlaydi, bu Xperia 1 V da umuman yoʻq.
  • Galaxy S23 Ultra Xperia 1 V ga qaraganda kuchliroq dasturiy taʼminotga ega.

Texnik xususiyatlari:

Sony Xperia 1 V

  • 6,5 dyuymli OLED displey
  • 4K tasvirga olish
  • Tomonlar nisbati 21:9
  • Yangilanish tezligi 60 Gts gacha

Samsung Galaxy S23 Ultra

  • 6,8 dyuymli Dinamik AMOLED displey
  • QHD+ ruxsati (3088 x 1440)
  • Tomonlar nisbati 19,3:9120 Gts
  • Moslashuvchan yangilash tezligi (1 Gts dan 120 Gts gacha)
  • LTPO 3.0

Protsessor

  • Sony Xperia 1 V — Snapdragon 8 avlod 2
  • Samsung Galaxy S23 Ultra — Snapdragon 8 avlod 2

Xotira

  • Sony Xperia 1 V — 12 GB
  • Samsung Galaxy S23 Ultra — 8 GB yoki 12 GB

Batareya va zaryadlanish

  • Sony Xperia 1 V — 5000 mA/soat
  • Simli zaryadlash 30 Vt
  • 15 Vt simsiz zaryadlash
  • Samsung Galaxy S23 Ultra — Batareya 5000 mA / soat
  • Simli zaryadlash 45 Vt
  • 15 Vt simsiz zaryadlash
Biroq har ikkalasi ham quvvatlash adapteri va USB-C kabelisiz sotiladi. 

Kameralar

Sony Xperia 1 V

Sony 11-may kuni yangi Xperia 1 V flagmanini chiqardi. Kompaniya yangi modelida ham asosiy eʼtiborni kamera imkoniyatlariga qaratgan.

Smartfon takomillashtirilgan va uzluksiz optik kattalashtirishga ega telefoto kameraga ega. Diapazon 85 millimetrdan 125 millimetrgacha kengaytirilgani hisobiga 3,5-5x optik kattalashtirish imkonini beradi.

Sony Xperia 1 V kamerasida olingan tasvir
Sony Xperia 1 V kamerasida olingan tasvir
Har uchala kamera ham bir xil — 120 kadr tezlikda 4K video olish imkoniyatiga ega. Ularning barchasi FlawlessEye, Eye AF, shuningdek, Optical SteadyShot funksiyasini taklif qiladi. 

Orqa tarafdagi RGB IR sensori kameraning oq balansini boshqaradigan AI algoritmlari asosida ishlaydi. Shuningdek, smartfon 3D ToF sensoriga ega. 

Sony Xperia 1 V kamerasida olingan tungi tasvir
Sony Xperia 1 V kamerasida olingan tungi tasvir
Biroq kadr tezligi faqat 30 kadr/soniya bilan chegaralangan va avtofokus yoʻq. 

YouTube bilan hamkorlik

Sony kompaniyasining YouTube bilan shartnomasi tufayli, endi istalgan foydalanuvchi YouTubeʼda yangi kanal ochib, darhol video strimingni boshlashi mumkin (odatda buning uchun 1000 ta obunachi va tasdiqlangan hisob kerak boʻladi).

Sony, shuningdek, video olishga yordam beruvchi aksessuarlarni yangiladi. Vlog Monitor endi toʻlqin shakl va rang koʻrinishini taqdim etadi. Shooting Grip esa uzoq davom etadigan striming videolar uchun yangi chidamlilik rejimiga ega. Shuningdek, oʻyinni striming qilishda oʻyin ovozini ham yozib ketish mumkin.

Xarid qilish imkoniyatlari

Smartfon uchta: qora, kumush va toʻq yashil rangda taqdim etilgan. Sotuv 28-iyulda boshlanadi, hozircha oldindan buyurtma qilish mumkin boʻlib, AQShga yetkazib beriladi.

Samsung Galaxy S23

2023-yil 1-fevralida kompaniya Samsung Galaxy S23 Ultra smartfonini taqdim qildi. Ma’lumot o‘rnida shuni aytish kerakki, Galaxy S23 seriyasi Samsung kompaniyasining eng ko‘p sotilgan smartfonlari hisoblanadi. Taqdim qilinganidan buyon iPhone 14 Pro Max bilan solishtirib kelingan flagman ko‘p jihatdan Apple mahsulotlari bilan raqobatlashishi mumkin. Ayniqsa, tungi rejimda yorqin obyektlarni tasvirga olish borasida ayfonga nisbatan yaxshiroq, deb hisoblangan.

Galaxy S23 Ultra 200 megapeksilli f/1.7 diafragmali 4 ta kameraga ega.

GSMArena Samsung batareyasi haqida:Galaxy S23 Ultra: batareya quvvati jami 126 soatga yetadi. Bunda: 39:22 suhbatlashish, 21:18 internet va 23:29 video ko‘rish.

Portret rejimining 3x kattalashtirilgan formatini aytmasa, Galaxy S23 Ultra smartfoni Sony Xperia 1 Vʼga nisbatan hattoki ustunroq va ancha yaxshi flagman hisoblanadi. Bu yerda Sony YouTube imkoniyatlari ham Samsungdan ustun kelishi mumkin.

Sony Xperia 1 V dan farqli ravishda kengaytirilgan xotirani qoʻllab-quvvatlamaydi, shu sababli xarid qilish chogʻida bu xususiyatiga alohida eʼtibor berish lozim.

Videoga olish imkoniyatlari haqida aytadigan bo‘lsak, Samsung Galaxy S23 seriyasi uchun maxsus Samsung Slim Tripod va Camera Grip shtativlari ishlab chiqilgan.

Slim Tripod va Camera Grip deb nomlanadigan telefon tagliklari smartfonda ovozsiz suratga olish va video qoʻngʻiroq qilish imkonini beradi.

Slim Tripod — bu landshaft va portret usulida tasvirga olish uchun moslashtirilgan. Aksessuarning oyoqlari yigʻiladi. Slim Tripod kumush rangda taqdim etilgan va hozirda Samsung kompaniyasining Angliyadagi doʻkonlarida 34 funt sterlingdan sotilmoqda.

Xarid qilish uchun smartfonni yurtimiz bo‘ylab barcha onlayn va oflayn do‘konlardan so‘rashingiz mumkin: Samsung Galaxy S23 Ultra uchun muddatli to‘lovdan tortib 1 kundan 7 kungacha bo‘lgan tarifdagi yetkazib berish xizmati taqdim qilinadi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Sony'dan yangilik: Xperia 1 VI AI kamerasi va kuchli zum imkoniyatlari bilan
Sony Xperia 1 VI, yangi avlod flagman smartfoni, o'yin, audio va displey imkoniyatlariga kuchli e'tibor qaratgan holda taqdim etildi.
Smartfon
16 may, 11:59
Apple yangi katta yangilikka muhtoj: Tim Kukda gʻoyalar tugab qolgan
Yillar davomida yangi iPhone kabi mahsulotlar boʻlmasligi aniq boʻldi. Apple apparat kompaniyasi hisoblanadi va Kuk bozorda shov-shuvli miqyosdagi boshqa mahsulotni chiqara olmadi.
Texnologiya
15 may, 18:20
Yangi Cobalt qachondan sotuvga chiqishi ma'lum boʻldi
Yangilangan Cobalt 2025 yildan boshlab sotuvga chiqarilishi kutilmoqda. Uning ichki dizayni va tashqi koʻrinishi hamda narxi hozircha noma'lum.
Avto
14 may, 12:29
OpenAI yangi GPT-4o modelini ishga tushirdi: ovozli suhbatlar yanada ravon, bepul foydalanish mumkin.
2024-yil 13-may kuni, OpenAI o‘zining yangi GPT-4o modelini e’lon qildi, bu model kelgusi haftalarda OpenAI mahsulotlariga bosqichma-bosqich kiritiladi. Eng qiziqarlisi shundaki, GPT-4o barcha foydalanuvchilarga bepul taqdim etiladi.
AI
14 may, 06:57