Galaxy S24 Ultra va S23 Ultra oʻrtasidagi 5 ta asosiy farq

S24 Ultra bir qarashda oʻzidan oldingi modellarga oʻxshab koʻrinsa-da, unda kutganimizdan ham koʻproq yangi fishkalar bor.

Samsung 2024-yil yanvar oyida oʻzining Galaxy Unpacked tadbirida oʻzining soʻnggi flagman smartfoni Galaxy S24 Ultra'ni taqdim etdi. Ammo har safar yangi model chiqqanida mijozlarni qiynaydigan bir savol paydo boʻladi:

Galaxy S23 Ultraʼni yangisiga alishtirish qanchalik arziydi?

Demak, ularni solishtiramiz va baholaymiz.

1. Yassi qirralari boʻlgan titan ramka

S24 Ultra ham, S23 Ultra ham 6,8 dyuymli AMOLED displeyga ega boʻlsa-da, birinchisida ekran biroz yupqaroq, tekis qirralari boʻlgan ramkalarga ega. Samsung bu safar iPhone 15 Proʻdan oʻrganganga oʻxshaydi: kompaniya S23 Ultraʼning alyuminiy ramkasini mustahkamroq titan ramkaga alishtirgan.

S24 Ultra displeyi oʻzidan oldingi versiyadagi 1750 nitdan oshib endilikda 2600 nitgacha maksimal yorqinlikni taʼminlay oladi. Yopiq muhitda katta farqni sezmasangiz ham, toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nuri ostida ochiq havoda foydalanilganda yangilanish koʻriladi. Shuningdek, Galaxy S24 Ultra ham biroz yupqaroq boʻlib 0,3 mm qalinlikka ega.

2. 5X 50MP telefoto linzalari

Samsung 10x 10 megapikselli kamerani S24 Ultraʼda samaraliroq 5x50 megapikselli telefoto linzaga almashtirgan. Ushbu oʻzgarish tasvir sifatini koʻproq megapikselli saqlab, kundalik foydalanish uchun 10x raqamli kattalashtirish imkonini beradi va 5x optik zumning afzalliklarini taklif qiladi.

Bundan tashqari, S24 Ultra ham, S23 Ultra ham bir xil kamera xususiyatlariga ega: 200MP asosiy kamera, 12MP ultra keng burchakli kamera va 10MP old kamera.

Galaxy S24 Ultra ikki baravar koʻproq tuzatish burchagi bilan optik tasvir barqarorligida tungi suratga olishni yaxshilaydi. Bunda hatto harakatlansangiz ham videolaringiz yuqori sifatli boʻlishini taʼminlanadi. Shuningdek, u kadrlarni optimallashtirish va AI tasvir kuchaytirgichini oʻz ichiga oladi. Bu xususiyatlar har bir fotosuratni tahlil qiladi va yorqinroq, aniqroq natijalarga erishish uchun tasvir tafsilotlarini optimallashtiradi.

3. 3-avlod Snapdragon 8

Galaxy S24 Ultra TSMC ning 4nm texnologik yangiligidan foydalanadigan Snapdragon 8 Gen 3 chipi bilan ishlaydi. Qualcomm taʼkidlashicha, chip 30% tezroq CPU ishlashi va 25% tezroq GPU ishlashini taʼminlaydi. Boshqa tomondan, Galaxy S23 Ultra Snapdragon 8 Gen 2 protsessori bilan jihozlangan.

S23 Ultraʼning 256 GBʼlik varianti atigi 8 GB RAM bilan taʼminlangan boʻlsa, S24 Ultra barcha variantlarda 12 GB RAM oladi. Ikkala model ham bir xil 5000 mA/soat akkumulyatorga ega.

Samsung Galaxy S24 Ultra shuningdek, avvalgisidan 1,9 baravar kattaroq boʻlgan bugʻlanadigan kamera bilan takomillashtirilgan sovitish tizimiga ega.

4. Galaxy AI va Google Search Circle

S23 Ultra va S24 Ultra oʻrtasidagi farqlarning aksariyati minimal boʻlsa-da, yangi telefon bir nechta AI xususiyatlariga ega.

Quyida ularning eng muhimlari:

  • Live Translate: Galaxy AI har ikki tomon uchun telefon qoʻngʻiroqlarini tarjima va transkripsiya qilishi mumkin. Bu degani, ingliz tilini bilmaydigan odam bilan gaplashayotganda, ekranda jonli tarjimani vizual yoki audio koʻrinishida taqdim qiladi.
  • Yordamchi Chat: Galaxy AI xabar almashish va ijtimoiy tarmoq ilovalaridan foydalanganda matnlaringizni yaxshilashga yordam beradi. Bunga shoshqaloqlik bilan yoʻl qoʻygan xatolaringizni tuzatish, matnni tarjima qilish va xabarlaringiz muloqotingizning mos ohangini saqlab turishi uchun matnning qisqacha mazmunini yaratish kiradi.
  • Note Assist: Galaxy AI qaydlaringizni umumlashtirishi, ularni tarjima qilishi, kontentni formatlashi va Notes ilovasida imlo xatolarini tuzatishi mumkin.

Galaxy AIʼdan tashqari, S24 Ultra ishga tushirilganda qidiruv uchun Google Circle xususiyatiga ega. But borada Samsung smartfoni dunyo boʻylab Pixel 8 va Pixel 8 Proʻdan keyin ushbu texnologiyani qoʻllab-quvvatlaydigan yagona telefonlar boʻladi. Nomidan koʻrinib turibdiki, bu xususiyat “Uy” tugmachasini uzoq bosib turgandan soʻng oddiygina aylana yoki bosish orqali ekrandagi istalgan narsani Google orqali qidirish imkonini beradi.

Boshqa tomondan, Engadget bir nechta Galaxy AI xususiyatlari Galaxy S23 seriyasida ham boʻlishini xabar qildi. Biroq Samsung hozircha S24ʼda qaysi funksiyalar eksklyuziv boʻlib qolishiga aniqlik kiritmadi.

5. Yangi rang variantlari va dasturiy taʼminotni qoʻllab-quvvatlash

Galaxy S24 Ultra toʻrtta standart rangda chiqariladi: titan binafsha, titan sariq, titan qora va titan kulrang. Samsung S24 Ultra buyurtma sahifasiga kirsangiz, yana uchta eksklyuziv variantni topishingiz mumkin — Titanium Green, Titanium Orange va Titanium Blue.

Xuddi shunday, S23 Ultra toʻrtta standart rangda mavjud: yashil, qora, lavanda va qaymoqrang. Biroq, agar siz Samsung S23 Ultra buyurtma sahifasiga kirsangiz, siz yana toʻrtta eksklyuziv variantni topasiz: och yashil, moviy, grafit va qizil.

Agar siz koʻp yillar davomida dasturiy taʼminot yangilanishini qoʻllab-quvvatlaydigan smartfon izlayotgan boʻlsangiz, S24 Ultra aniq hafsalangizni pir qilmaydi. Samsung Newsroom postida kompaniya 2024-yilgi flagmanlari uchun yetti avlod OS yangilanishlari va yetti yillik xavfsizlik yangilanishlarini vaʼda qilmoqda. Taqqoslash uchun, S23 Ultra toʻrt yillik operatsion tizim yangilanishlari va besh yillik xavfsizlik yangilanishlari bilan cheklangan.

Umuman olganda, agar siz bosqichma-bosqich yangilanishlar sizga foyda keltiradi deb hisoblasangiz, Galaxy S24 Ultraʼni bemalol xarid qilsangiz boʻladi. Biroq, agar sizda allaqachon S23 Ultra boʻlsa, Samsungning 2024-yilgi flagmanini oʻtkazib yuborsangiz boʻladi, chunki har yili smartfoningizni yangilashingiz shart emas.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 17 Pro qanday bo‘lishi mumkin? Yangi rasmlar paydo bo‘ldi
Plus modeli to‘xtatiladi, uning o‘rnini iPhone 17 Air egallaydi. 2025-yilda chiqishi rejalashtirilgan yangi seriya standart versiya, Air, Pro va Pro Max modellaridan iborat bo‘ladi.
Smartfon
25 yanvar, 00:30
Samsung Galaxy S25 va Galaxy S25+ taqdim etildi: Narxlar va xususiyatlar haqida to‘liq ma’lumot
Samsung o‘zining yangi flagman smartfonlari – Galaxy S25 seriyasini rasman taqdim etdi. Ushbu seriyaga Galaxy S25, Galaxy S25+ va Galaxy S25 Ultra modellari kiradi.
Smartfon
23 yanvar, 10:54
Samsung Koreyada Galaxy S25 seriyali telefonlari uchun obuna xizmatini ishga tushirdi
bu sizga har yili yangi telefonni yarim narxda almashtirish imkonini beradi.
Smartfon
21 yanvar, 16:49
SpaceX kompaniyasining Starship raketasi Mufaqiyatsizlikga uchradi
SpaceX kompaniyasining Starship raketasi yettinchi sinov parvozini amalga oshirdi.  Kompaniya parvoz vaqtida raketaning yuqori qismini yo‘qotdi. Biroq raketaning pastki qismi muvaffaqiyatli qaytarilib, kosmodromda maxsus mexanik moslamalar yordamida qo‘lga olindi.
Texnologiya
17 yanvar, 14:33