Samsung Galaxy S23 Ultra Limited Edition — hamyonbop yangi toʻplami taqdim etildi

Ushbu versiyaning ajoyibligi shundaki, agar alohida sotib olinsa, xuddi shu toʻplam uchun 1 755 dollar toʻlashga toʻgʻri kelar edi.

Samsung kompaniyasi Galaxy S23 Ultra Limited Edition flagman smartfonini taqdim etdi. Bu Galaxy S23 Ultraʼning yangi konfiguratsiyadagi arzonroq versiyasi boʻlib, narxi 1 365$. 

Toʻplam Galaxy S23 ni qimmat boʻlgani tufayli ololmaganlar uchun zoʻr tanlov — qurilma simsiz zaryadlash va aqlli soat bilan birga sotiladi.

Aniqrogʻi, toʻplamga 8 Gb tezkor va 256 Gb flesh-xotiraga ega Phantom Black rangdagi Galaxy S23 Ultra, 44 mm versiyadagi Blue Sapphireʼdagi Galaxy Watch5 va ikkita qurilma uchun 15 Vt koʻrsatkichli simsiz zaryadlash moslamasi kiradi.

Cheklangan ekzemplyarda chiqariladigan toʻplam birinchi boʻlib Vyetnamda taqdim etilgan.

Ma’lumot uchun, Samsung Galaxy S23 flagmani 2023-yil 1-fevral kuni taqdim etilgan bo‘lib, o‘sha paytdagi smartfon narxi 1 500$ atrofida edi (O‘zbekistonda ayni kunlardagi qiymati 1 028$ dan boshlanadi).

Shuni ta’kidlab o‘tish ham kerakki, Samsung Galaxy Unpacked navbatdagi tadbiri iyul oyining soʻnggi haftasida boʻlib oʻtadi. Unda kompaniya Samsung Galaxy Z Fold 5, Galaxy Z Flip 5, Galaxy Tab S9 seriyasi, Galaxy Watch 6 va yangi minigarnituralarni taqdim etishi kutilmoqda.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi o‘z smartfonlarini quvvatlash moslamasisiz sotishni boshladi: sababi nimada ?
Xiaomi, Apple kabi, yangi Redmi 13 smartfonlarini quvvatlash moslamasisiz sotishni boshladi. Endi bu moslamalar qutiga kiritilmaydi.
Smartfon
27 iyun, 11:15
Google qidiruvda yana yangilik: uzluksiz sahifalarni yuklash toʻxtatilmoqda, an'anaviy sahifalash qaytmoqda
Oʻzgarishning asosiy sababi qidiruv tajribasini yaxshilashga qaratilgan.
Texnologiya
26 iyun, 10:48
BYD O‘zbekiston avtomobil bozorida top uchtalikka kirmoqda
Kompaniya bozorni ishonchli o‘zlashtirmoqda
Avto
26 iyun, 10:10
Logitech 80 dollarga o‘ta ixcham Keys-To-Go 2 klaviaturasini taqdim etdi
U Android, Windows, iOS, macOS, iPadOS va ChromeOS Operatsion tizimlari bilan ishlaydi.
Texnologiya
22 iyun, 20:50