Kontentmeykerlar uchun maxsus Slim Tripod va Camera Grip shtativlari

Samsung kompaniyasi Galaxy S23 seriyali smartfonlarining maxsus chexoliga oʻrnatiladigan telefon qoʻyadigan moslamalar taqdim qildi.

Slim Tripod va Camera Grip deb nomlanadigan telefon tagliklari smartfonda ovozsiz suratga olish va video qoʻngʻiroq qilish imkonini beradi.

Ikkala aksessuar ham gadjet korpusiga ulanadi, shuningdek, ularning yoʻnalishi hamda balandligini moslashtirish mumkin. 

Slim Tripod — bu landshaft va portret usulida tasvirga olish uchun moslashtirilgan. Aksessuarning oyoqlari yigʻiladi. Slim Tripod kumush rangda taqdim etilgan va hozirda Samsung kompaniyasining Angliyadagi doʻkonlarida 34 funt sterlingdan sotilmoqda.

Camera Grip telefon uchun shtativi ixcham koʻrinishda taqdim etilgan. Unda Bluetooth yordamida ishlaydigan tasvirga olish tugmasi mavjud. Shtativlarning oʻziga xos turi hisoblangan mazkur gadjetlarni olib yurish oson, buklash mumkin. Camera Grip ham Buyuk Britaniyadagi Samsung doʻkonlarida sotilmoqda va narxi 45 dollarga baholangan.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi o‘z smartfonlarini quvvatlash moslamasisiz sotishni boshladi: sababi nimada ?
Xiaomi, Apple kabi, yangi Redmi 13 smartfonlarini quvvatlash moslamasisiz sotishni boshladi. Endi bu moslamalar qutiga kiritilmaydi.
Smartfon
27 iyun, 11:15
Google qidiruvda yana yangilik: uzluksiz sahifalarni yuklash toʻxtatilmoqda, an'anaviy sahifalash qaytmoqda
Oʻzgarishning asosiy sababi qidiruv tajribasini yaxshilashga qaratilgan.
Texnologiya
26 iyun, 10:48
BYD O‘zbekiston avtomobil bozorida top uchtalikka kirmoqda
Kompaniya bozorni ishonchli o‘zlashtirmoqda
Avto
26 iyun, 10:10
Logitech 80 dollarga o‘ta ixcham Keys-To-Go 2 klaviaturasini taqdim etdi
U Android, Windows, iOS, macOS, iPadOS va ChromeOS Operatsion tizimlari bilan ishlaydi.
Texnologiya
22 iyun, 20:50