Oʻzbekistonda Samsung Galaxy S23 narxlari, buyurtma berish va boʻlib toʻlash usullari

1-fevral kuni taqdim qilingan Samsung Galaxy S23 flagmanining Oʻzbekistondagi narxlari va xarid qilish yoʻllari haqida gaplashamiz.

Samsung.com

Oldinroq biz dunyo bozorida deyarli bir xil narxdagi Samsung Galaxy S23 va iPhone 14 Pro Max xususiyatlarini taqqoslagan edik.

Quyida yangi flagmanni olishga ishtiyoqmandlar uchun manbalar va narxlar.

Narxlar

Albatta, taqdim qilinganiga hali 1 haftadan koʻproq boʻlgan smartfon narxi yuqoriroq boʻlishi tabiiy. Agar siz Galaxy S23 narxi biroz boʻlsa-da pastroq boʻlishiga umid qilgan boʻlsangiz, u holda bahor mavsumi tugashini kuting — yozgacha boʻlib toʻlash, turli sovrinli oʻyinlarda yutib olish kabi imkoniyatlar koʻpayib qoladi.

Agar Samsung Galaxy S23 olishga qatʼiy qaror qilgan boʻlsangiz, u holda sizga uni yurtimizda sotib olish boʻyicha tavsiyalarimizni beramiz.

Samsung Galaxy S23 Ultra ayni paytda dunyo bozorida oʻrtacha 1490-1500$ atrofida baholanmoqda.

Galaxy S23 ni hozirda toʻgʻridan-toʻgʻri doʻkonlardan sotib olishning iloji yoʻq, buyurtma orqali keltirish mumkin. Shu sababli online manbalarni koʻrib chiqamiz.

Samsung.com

Samsung.com — kompaniyaning rasmiy saytida Galaxy S23 Ultra, Galaxy S23+ va Galaxy S23 modellariga oldindan buyurtma berish mumkin (manba).

Modellar 4 ta rang (qora, yashil, lavanda rangi, qaymoqrang) va 2 xil xotira sigʻimida (256/12 Gb va 512/12 GB) berilgan.

Galaxy 23 yashil, 256 Gb/12 G umumiy narxi 16 990 000 soʻm.

  • Oldindan toʻlov — 1 000 000 soʻm.
  • Qolgan 15 990 000 soʻmni mahsulotni olgandan soʻng amalga oshirasiz.
Shuningdek, hozir sayt orqali smartfon xarid qilganingizda, sovgʻa sifatida Galaxy Watch 4 (44 mm) va ITV 1 yillik “Premium” obunasi qoʻshib beriladi. Samsung Galaxy S23 va Samsung Galaxy S23+ xarid qilganingizda esa, Galaxy Buds 2 sovgʻa qilinadi.

Xaridni rasmiylashtirish uchun kompaniya hamkor doʻkonini tanlashingiz va manzilingizni koʻrsatishingiz lozim. Oldinda buyurtma uchun ilk toʻlovni (zalog) Payme orqali amalga oshirasiz.

Rasmiy saytdan xarid qilganingizda, siz hamkor doʻkonlar orasidan Elmakon, Olcha.uz, Media Park kabi online marketpleyslarni ham tanlashingiz mumkin. Shundan kelib chiqadiki, bu marketpleyslardagi Galaxy S23 narxlari va rasmiylashtirish yoʻli ham Samsung.comʼniki bilan deyarli bir xil.

Muddatli toʻlov

12 oyga muddatli toʻlov uchun 21 795 700 soʻm.

  • Oldindan toʻlov — 1 000 000 soʻm, Payme orqali amalga oshiriladi.
  • 1 oylik toʻlov — 1 816 308.33 soʻmni tashkil qiladi.

Xarid qilish uchun sizda Anorbank TRIA kartasi boʻlishi kerak. Toʻlovni rasmiylashtirganingizdan soʻng buyurtmangiz saytda qoldirgan manzilingizga yetkazib beriladi. Boʻlib toʻlashga olganingizda ham sizga yuqorida aytilgan sovgʻalar qoʻshib beriladi.

Smartfon idishida flagmanning oʻzidan tashqari uzatish kabeli, SIM-karta slotini ochish uchun kalitchasi va S Pen ruchkasi boʻladi.

Buyurtmangizni Samsung yangi smartfonlari Oʻzbekistonga yetkazib berish boshlanganida — fevral oyining 25-sanasidan boshlab qabul qilishingiz mumkin boʻladi.

Olx.uz

Rasmiy sayt yoki markeypleyslar orqali buyurtma berib smartfonni oy oxiriga qadar kutishni istamasangiz, Galaxy S23 uddaburon kishilar tomonidan allaqachon olx.uzʼda ham sotilmoqda ekan.

Galaxy S23 Ultra 256/12 Gb narxi — 1 240$ yoki 14 094 683 soʻm (!). Kafolat 1 yil, oʻrami yangi (manba).

Elmakon

Bu yerda assortiment ancha koʻp, shuning uchun narxlar ham turlicha. Lekin barcha yangi modellarni oldindan buyurtma berib xarid qilish mumkin.

Narxlarga kelsak, 

  • Samsung Galaxy S23, 8/128 Gb, yashil ranglisi narxi 10 990 000 soʻm (zalog uchun oldindan 1 000 000 soʻm berib qoʻyasiz).
  • Galaxy S23 Ultra narxlari esa (12/256 GB) — 16 990 000 soʻm (shundan 1 mln soʻm oldindan toʻlov).
  • Samsung Galaxy S23+ (8/512 Gb) narxi — 14 990 000 soʻm (oldindan toʻlov sertifikatini olish 1 mln soʻm).

Saytda barcha modellar mavjud deb koʻrsatilgan, demak umid qilamizki, yetkazib berish muddati ham anchayin qisqa boʻladi.

Shuningdek, boʻlib toʻlash ham usuli ham bor, bunda misol uchun, ilk toʻlovdan tashqari, har oylik toʻlov 124 ming soʻmni tashkil qiladi (Galaxy S23 Ultra).

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Xiaomi o‘z smartfonlarini quvvatlash moslamasisiz sotishni boshladi: sababi nimada ?
Xiaomi, Apple kabi, yangi Redmi 13 smartfonlarini quvvatlash moslamasisiz sotishni boshladi. Endi bu moslamalar qutiga kiritilmaydi.
Smartfon
27 iyun, 11:15
Google qidiruvda yana yangilik: uzluksiz sahifalarni yuklash toʻxtatilmoqda, an'anaviy sahifalash qaytmoqda
Oʻzgarishning asosiy sababi qidiruv tajribasini yaxshilashga qaratilgan.
Texnologiya
26 iyun, 10:48
BYD O‘zbekiston avtomobil bozorida top uchtalikka kirmoqda
Kompaniya bozorni ishonchli o‘zlashtirmoqda
Avto
26 iyun, 10:10
Logitech 80 dollarga o‘ta ixcham Keys-To-Go 2 klaviaturasini taqdim etdi
U Android, Windows, iOS, macOS, iPadOS va ChromeOS Operatsion tizimlari bilan ishlaydi.
Texnologiya
22 iyun, 20:50