Samsung Galaxy Unpacked navbatdagi tadbiri iyul oyining soʻnggi haftasida boʻlib oʻtadi

Samsung shu yil oxirida Galaxy Z Fold 5, Galaxy Z Flip 5, Galaxy Tab S9 seriyasi, Galaxy Watch 6 va yangi minigarnituralarni taqdim etishi kutilmoqda. Koreyada boʻlib oʻtadigan Unpacked tadbiri haqidagi eng soʻnggi mish-mishlarga qaraganda, Samsung iyul oyining oxirgi haftasida yuqorida sanab oʻtilgan qurilmalarning baʼzilarini debyut qilishi mumkin.

Galaxy S23 seriyasi oldingi modellarga nisbatan anchagina muvaffaqiyatli chiqqanini maʼlum qilgandik. Ayni paytda kompaniya yangi flagmanlar taqdim etishga tayyorgarlik koʻrmoqda. 

Samsung shu yil oxirida Galaxy Z Fold 5, Galaxy Z Flip 5, Galaxy Tab S9 seriyasi, Galaxy Watch 6 va yangi minigarnituralarni taqdim etishi kutilmoqda. Koreyada boʻlib oʻtadigan Unpacked tadbiri haqidagi eng soʻnggi mish-mishlarga qaraganda, Samsung iyul oyining oxirgi haftasida yuqorida sanab oʻtilgan qurilmalarning baʼzilarini debyut qilishi mumkin.

Kompaniya har yili  anʼanaviy tarzda avgust oyida oʻzining yirik Unpacked tadbirini oʻtkazadi, shuning uchun bu tadbir biroz rejadan tashqarigi boʻlib koʻrinishi mumkin. Ayni paytda raqobatchilarining tinimsiz yangiliklari fonida oʻz oʻrnini ushlab qolish maqsadida ham birinchi Unpacked taqdimoti boʻlib oʻtadi. Misol uchun, Galaxy Z Fold va Galaxy Z Flip smartfoniga oʻxshash buklanadigan smartfonlar bozoriga Google oʻzining birinchi yigʻiladigan flagmani Pixel Fold bilan kirib kelishga tayyorlanmoqda.

Aniq sanaga kelsak, Samsung odatda hafta oʻrtalarida yangi mahsulotlarni eʼlon qiladi, shuning uchun 25 va 27-iyul kunlari boʻlishi mumkin.

Avvalroq mazkur yilda taqdimoti kutilayotgan Galaxy S24 eng ideal smartfon boʻlishi mumkinligi haqida xabar bergandik.

Ushbu tadbirda eʼlon qilinadigan barcha yangi qurilmalar haqidagi eng soʻnggi yangiliklarni Giglink.uz bilan kuzatib boring.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

OnePlus Ace 3 Pro: 6100 mA/soat batareya va Snapdragon 8 Gen 3 chipli smartfon
Bitta zaryad bilan smartfon 2 kun ishlashi mumkin. Bu natijaga yangi turdagi akkumulyatorlardan foydalanish orqali erishildi.
Smartfon
30 iyun, 09:55
Xiaomi o‘z smartfonlarini quvvatlash moslamasisiz sotishni boshladi: sababi nimada ?
Xiaomi, Apple kabi, yangi Redmi 13 smartfonlarini quvvatlash moslamasisiz sotishni boshladi. Endi bu moslamalar qutiga kiritilmaydi.
Smartfon
27 iyun, 11:15
Google qidiruvda yana yangilik: uzluksiz sahifalarni yuklash toʻxtatilmoqda, an'anaviy sahifalash qaytmoqda
Oʻzgarishning asosiy sababi qidiruv tajribasini yaxshilashga qaratilgan.
Texnologiya
26 iyun, 10:48
BYD O‘zbekiston avtomobil bozorida top uchtalikka kirmoqda
Kompaniya bozorni ishonchli o‘zlashtirmoqda
Avto
26 iyun, 10:10