Xiaomi 14 Pro qanday boʻlishi taqdimot oldidan maʼlum boʻldi

Xiaomiʼning asosiy flagmani haqida deyarli barcha maʼlumotlar aniq boʻldi.

Insayder OnLeaks Xitoyning tez orada taqdim etiladigan flagmani Xiaomi 14 Pro’ning ilk yuqori sifatli render rasmlari bilan boʻlishdi.

Maʼlum boʻlishicha, bu yil kompaniya doimiy sal buklangan ekranlar oʻrniga Xiaomi 14 Pro’ni tekis displey, tekis yon qirralarga va kvadrat kamera bloki bilan yangicha koʻrinishda chiqarishga qaror qilgan.

Kamera bloki yanada kattalashgan va uzunasiga ham nisbatan balandroq boʻlib, datchiklari 4 millimetrdan ortiqroq boʻrttirilgan qilib ishlangan.

Qurilmaning oʻlchamlari 161,6x75,3x8,7 mm. Flagmanning boshqa xususiyatlariga kelsak:

 • Ekran: 6,6 dyuymli AMOLED, 2K, 120 Gts;

 • Protsessor: Qualcomm Snapdragon 8 Gen 3;

 • Kameralar: asosiy 50 MP;

 • Batareya: 4860 mA/soat, tez zaryadlash 120 Vt;

 • Shuningdek, ekran pastida barmoq izi skaneri, stereo dinamiklar, suv va changdan himoya.

Xiaomi 14 Pro taqdimoti 27-oktyabr kuni boʻlib oʻtishi kerak. Tadbirning asosiy mahsulotlari qatorida Xiaomi 14 ham namoyish etiladi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon
04 fevral, 16:07
Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI
01 fevral, 20:47
Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya
30 yanvar, 16:23
NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle
30 yanvar, 13:47