Keyingisi aniq yaxshiroq boʻladi: Galaxy S24 ideal smartfon boʻlishi mumkinmi?

Galaxy S24 Snapdragon 8 Gen 3 protsessoriga va ikki tomonlama sunʼiy yoʻldosh aloqasiga ega boʻlishi kutilmoqda. Biroq ikkinchisining qoʻllanishi hozircha taxmin xolos.

Galaxy S23 chiqarilganiga koʻp boʻlmasidan flagmanni obdon iPhoneʼlar bilan taqqoslab koʻrishdi, turli ijobiy va salbiy fikrlar toʻplandi: kimdir Samsungni eng zoʻri desa, yana kimdir koreys smartfonlari Appleʼga yetishiga hali necha qovun pishigʻi bor dedi. Shunday bir paytda Samsung Galaxy S seriyasining navbatdagi Galaxy S24 haqida maʼlumotlar tarqala boshladi. Yangi model eng silliq ekranga ega boʻlishi aytilmoqda.

SamLover maʼlumotiga koʻra, Galaxy S24 seriyasi 144 Gts yangilanish tezligiga ega Super AMOLED ekranlarga ega boʻladi. Galaxy S20 seriyasidan boshlab, Samsung oʻzining yuqori darajadagi telefonlarida 120 Gts Super AMOLED ekranlaridan foydalanmoqda. Raqobatchi brendlarning baʼzi oʻyin telefonlari va top flagmanlari 144 Gts yangilanish tezligi ekranga ega boʻlsa-da, Samsung hozirgacha 144 Gts ekranlardan foydalanmagan. Agar soʻnggi maʼlumotlarga ishonadigan boʻlsak, yangi Galaxy S24da aynan 144Hz Super AMOLED ekran ilk bor qoʻllangan qaldirgʻoch model boʻladi.

Shuningdek, navbatdagi Samsung Galaxy S seriyali telefonlari Snapdragon 8 Gen 3 chipsetidan quvvat oladi. Telefonlar UFS 4.1 xotirasi bilan taʼminlanadi.

Kameraga kelsak, Samsung Galaxy S23 seriyasidan boshlab uch yil davomida flagmanlarida 200MP oʻlchamdagi kameralardan foydalanishini maʼlum qilgan. Yangi ma’lumotlar bu xabarni tasdiqlaydi.

Hisobotda, shuningdek, Samsung Galaxy S24, Galaxy S24+ va Galaxy S24 Ultraʼni oddiy uyali aloqa signallari mavjud boʻlmagan muhitlarda qoʻngʻiroq qilish va matn yozish uchun ikki tomonlama sunʼiy yoʻldosh aloqasi bilan jihozlanishi aytiladi. Samsung MX bosh direktori esa bu xususiyatni ommaga taqdim qilishga hali erta ekanligini, chunki texnologiya hali kengayishga tayyor emasligini aytgan.

Demak, Samsung'ning keyingi Galaxy S seriyali telefonlari haqida mazkur bir chimdim xabarlar bilan qanoatlangan holda rasmiy taqdimotni kutamiz.

Avvalroq Samsung S23 Ultra va iPhone 14 Pro Max kameralarining afzallik hamda kamchiligi taqqoslangandi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Apple kompaniyasining afsonaviy dizayneri Joni Ive Stiv Djobs bilan ishlaganini eslaydi: uning hayotidagi eng baxtli 15 yil
Ser Joni Ive Apple kompaniyasining sobiq bosh dizayneri bo‘lib, U kompaniyaga 25 yoshida kelgan. Macbook, iPhone, iPad, Apple Watch, AirPods kabi qurilmalar dizaynida ishlagan.
Lifestyle
03 iyul, 16:51
Zamonaviy flagman smartfonlarining puliga arzimasligining 7 sababi
Zamonaviy flagman smartfonlar ko‘plab afzalliklarga ega bo‘lsa-da, ularning yuqori narxi, murakkab ta'mirlash jarayoni va tez eskirishi kabi kamchiliklari ham bor.
Smartfon
03 iyul, 11:20
OnePlus Ace 3 Pro: 6100 mA/soat batareya va Snapdragon 8 Gen 3 chipli smartfon
Bitta zaryad bilan smartfon 2 kun ishlashi mumkin. Bu natijaga yangi turdagi akkumulyatorlardan foydalanish orqali erishildi.
Smartfon
30 iyun, 09:55
Xiaomi o‘z smartfonlarini quvvatlash moslamasisiz sotishni boshladi: sababi nimada ?
Xiaomi, Apple kabi, yangi Redmi 13 smartfonlarini quvvatlash moslamasisiz sotishni boshladi. Endi bu moslamalar qutiga kiritilmaydi.
Smartfon
27 iyun, 11:15