Oʻzbekistonda kibersportchilar uchun sovrin jamgʻarmasi 332 mln soʻm boʻlgan tanlov start olmoqda

Kibersport boʻyicha Uzbekistan Esports Championship turniriga arizalar qabul qilish boshlandi.

Cybergame.uz

Turnirning umumiy sovrin jamg‘armasi 332 mln so‘mni tashkil etadi. Unda 16 yoshga to‘lgan o‘zbekistonliklar ishtirok etishi mumkin (Cybergame.uz).

Turnir Cybergame.uz platformasida CS:GO, DOTA2, PUBG Mobile, FIFA, eFutbol kabi sport yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Musaboqa quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:

  • har bir hududda tuman (shahar) onlayn kvalifikatsiyalari;
  • yarimfinal kompyuter klubida oflayn formatda;
  • Toshkentda o‘tkaziladigan oflayn formatdagi final.

Unda 16 yoshga to‘lgan va OneID tizimi orqali Cybergame.uz portalida ro‘yxatdan o‘tgan hamda O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan o‘yinchilar ishtirok etishi mumkin.

Turnirga ro‘yxatga olish 3-apreldan 10-aprelgacha davom etadi. 

Saralashning keyingi bosqichlari haqida batafsil ma’lumot keyinroq berilishi qayd etilgan.

Batafsil ma’lumotni havola orqali olish mumkin.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

Windowsda Copilot orqali Android-smartfonlarni boshqarish imkoniyati paydo boʻldi
Ushbu imkoniyatdan foydalanish uchun qurilma kompyuter bilan sinxronizatsiya qilinishi kerak.
Texnologiya
04 iyul, 16:25
Samsung Galaxy S25+ flagman modelidan voz kechdi: nega va qanday o‘zgartirishlar kutilyapti?
Bu qaror xaridorlarni qimmatroq Ultra modelini sotib olishga undash uchun qilingan bo‘lishi mumkin.
Smartfon
04 iyul, 12:30
Apple kompaniyasining afsonaviy dizayneri Joni Ive Stiv Djobs bilan ishlaganini eslaydi: uning hayotidagi eng baxtli 15 yil
Ser Joni Ive Apple kompaniyasining sobiq bosh dizayneri bo‘lib, U kompaniyaga 25 yoshida kelgan. Macbook, iPhone, iPad, Apple Watch, AirPods kabi qurilmalar dizaynida ishlagan.
Lifestyle
03 iyul, 16:51
Zamonaviy flagman smartfonlarining puliga arzimasligining 7 sababi
Zamonaviy flagman smartfonlar ko‘plab afzalliklarga ega bo‘lsa-da, ularning yuqori narxi, murakkab ta'mirlash jarayoni va tez eskirishi kabi kamchiliklari ham bor.
Smartfon
03 iyul, 11:20