Tandirdan yangi uzilgan Xiaomi Smart Band 8 fitnes trekeri

Boshqa fitnes trekerlaridan farqli ravishda, Mi Band 8ni fitnes braslet deb atab boʻlmaydi. Sababi, Xiaomiʼning bir necha soat oldin taqdim etgan trekerini nafaqat qoʻlga, balki boʻyinga va hatto krossovkaga ham taqish mumkin.

Oldin xabar berganimizdek, Xiaomi o‘zining yangi Mi Smart Band 8 fitnes trekerini 18-aprel kuni namoyish qildi.

Asosiy xususiyati — Mi Band 8 brasletini almashtirishdan tashqari, boʻyinga ilish yoki oyoq kiyimga oʻrnatsa boʻladi.

Qurilma 1,6 dyuymli AMOLED displeyga ega, Always-On Display, 5 ATM himoyasi va 16 kungacha avtonomlikni taʼminlaydi. Gadjetda 150 dan ortiq mashq turlarini kuzatish mumkin. Yetmaganiga unda 2048 va Sudoku kabi turli oʻyinlar ham bor.

Yurak urishi, qonda kislorod monitoringi, shuningdek, yangi interaktiv boks mashqlari mavjud.

Narxi 

  • Standart Band 8 — 36$
  • NFC model — 43$.

Xiaomi Smart Band 8 bilan bir vaqtda namoyish qilingan Xiaomi 13 Ultra funksiyalari va narxlari haqida batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin — https://giglink.uz/p/8759841


Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

iPhone 16 Pro va iPhone 16 Pro Max taqdim etildi
Apple'ning ta'kidlashicha, bu iPhone'lar kompaniya tarixidagi eng yaxshisi bo‘lib, oldingi modellardan ancha ustun.
Smartfon
10 sentabr, 09:04
Apple Mac eng yaxshi sun’iy intellektli kompyuter: Copilot+ kompyuterlariga qaraganda 40% kuchliroq grafik va 25% tezroq internet sahifalarini yuklaydi.
Apple kompaniyasi Mac kompyuterlarini sun’iy intellekt (AI) imkoniyatlariga ega eng yaxshi kompyuter sifatida targ‘ib qilishni boshladi.
Texnologiya
07 sentabr, 10:44
Smartfondagi suratlarini zo‘r qilib tahrirlashga yordamchi top dasturlar
Masalan, rasm fonini olib tashlash yoki ranglarini tezda oʻzgartirish kabi.
AI
31 avgust, 13:42
Qozog‘istonda Onix O‘zbekistondagidan arzonroq
Chevrolet Qozog‘istonda yangi avtomobillar ichida yana ko‘p sotiladiganlar safida joy oldi va sotuvlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.
Avto
29 avgust, 22:26