Xiaomi 13 Ultra funksiyalari, ustunligi va narxi haqida batafsil
Bugun, rejalashtirilgan Xiaomi taqdimotida Xiaomi 13 Ultra smartfoni taqdim etildi — bu bir vaqtning o'zida to'rtta 50 megapikselli sensorli kamera, IP68 namlik va changdan himoyalanganlik ko‘rsatkichi va yorqin displeyga ega flagman.
Xiaomi oʻzgaruvchan diafragmali smartfon kamera taqdim qilgan birinchi kompaniya emas. Samsung Galaxy S9 ikkita diafragma xususiyatiga ega edi, u asosiy kamera bilan suratga olishda f/1,5 va f/2,4 oʻrtasidagi tanlovni taklif qilgan. Garchi Samsungda ushbu xususiyat uzoq saqlanib qolmagan bo‘lsada, endi biz uni Siaomida qanchalik samarali bo‘lishini kuzatamiz.
Asosiy xususiyatlari:
- AMOLED ekrani 6,7 '', 2K o'lchamlari, 120 Gts, 2600 nits;
- Snapdragon 8 Gen 2 protsessori, 16 GB gacha + 1 TB xotira;
- 5000 mA/soat batareya, 90 Vt simli va 50 Vt simsiz zaryadlash.
Asosiy kamerada f/1,9 dan f/4,0 gacha o'zgaruvchan diafragma bilan dyuymli Sony IMX989 sensori va "eng ilg'or" Leica optikasi, shuningdek uchta IMX858 — ultra keng va 3,2x va 5x bilan bir juft teleobyektiv linzalari mavjud.
Narxi
Xitoyda qurilmaning narxi 872 dollardan boshlanadi. Shuningdek, 146 dollarga kamera uchun almashtiriladigan filtrlar va tutqichli maxsus chexol sotib olishingiz mumkin.
- Xiaomi 13 Ultra 12 Gb|256 Gb — ~873 dollar
- Xiaomi 13 Ultra 16GB/512GB — ~945 dollar
- Xiaomi 13 Ultra 16GB/1TB — ~1062 dollar
Xalqaro sotuvi aniq sanasi eʼlon qilinmagan.
Flagman translyatsiyasi vaqtida berilgan boshqa funksiyalar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin — https://t.me/c/1551952435/1252