Mortal Kombat haqida deyarli hech kim bilmaydigan qiziqarli maʼlumotlar
Yaratilishi jihatidan koʻplab uzoq va murakkab jarayonlardan oʻtgan Mortal Kombat qiziqarli hamda juda oz kishilargagina maʼlum boʻlgan faktlarga boy.
Qizgʻin jangovar sahnalardan iborat mazkur oʻyinlar seriyasi 11 ta qism, 2 ta film (aniqrogʻi, 3 ta), bir nechta serial va millionlab muxlislarga ega. Ushbu maqolada oʻyinga xos boʻlgan eng sara maʼlumotlarni ulashamiz*.
Mortal Kombat oʻynash Avstraliyada taqiqlangan
Gap shundaki, oʻyinning dahshatli sahnalari Avstraliya hukumati tomonidan qoralangan. Turli mamlakatlarda bunga yosh chegarasi belgisini (18+ yoki R) oʻrnatish bilan cheklanib qolishgan xolos. Bundan tashqari, MKni saqlash yoki tarqatish uchun siz 100.000 dollar jarimaga tortilishingiz mumkin.
Dasturiy xato natijasida paydo boʻlgan personaj
MK oʻyini ishlab chiqilgan paytlarda qiziq bir “bug” (dasturiy xato) yuz beradi.
Reptile bilan jangni ochgandan soʻng, yiqilish paytida qahramonning sprite rangi yashildan olovli rangga oʻzgargan va natijada nomi ham “makros xatosi”ga oʻzgaradi. Bu inglizcha ER _ MAC — Error macro tarzida ishlatiladi. Shu tariqa ERMAC personaji paydo boʻlgan.
Jaks birinchi boʻlimda paydo boʻlishi kerak edi
Bu temir qoʻlli atlet, aslida, butunlay boshqacha xarakterga aylanishi kerak edi (Straykerga oʻxshash). MK yaratuvchilari kikbokschi xarakterini yaratishga kirishdilar, ammo ular boshqa taniqli jangovar oʻyinning mualliflik huquqlarini buzishdan qoʻrqib Sonya Bleydni ishlab chiqdi.
Aynan Sonya obrazi MK deyarli barcha qismlarida uchraydigan qahramonlardan biri hisoblanadi.
Gʻoyalar inqirozi
Qahramonlarni yaratishda kichik ammo muhim jihatlaridan biri — bu unga mos nom qoʻyishdir. Baʼzida ssenariy yozuvchilar tarixiy yoki afsonaviy obrazlar ismidan foydalanishadi, yanada kreativlar esa, jarangdor nom oʻylab topishi ham mumkin.
Midway ijodkorlari esa bu borada biroz oqsashini taxmin qilish qiyin emas. Hatto shunday boʻlganki, ishchi guruh baʼzi qahramonlar ismini oʻyin seriyasi taqdimotidan oldin “yoʻl-yoʻlakay” qoʻyib ketgan. Aytaylik, Sektor taqdimotgacha “ketchup” deb atalgan, Cyrex “xantal”, Cabal esa “sandman-qum odam” boʻlgan.
Kombo
MKning dastlabki qismlari rang-barang kombinatsiyalar boʻlmagan va asosan barcha jangovar texnikalar mushtlashish va sakrash orqali zarba berish bilan cheklanib qolgan. Keyinchalik boshqa texnikalar ham qoʻshilgan, qahramon uchun urishish taktikalarini ochish tartibi ayniqsa geymerlarga yoqib tushdi.
Nub Saibot
Balki endigi fakt haqida baʼzilar bilar, biz esa batafsilroq maʼlumot beramiz. Nub Saibot ismli qora tanli ninzyani hamma taniydi. Uning ismini kelib chiqishini-chi?
Qora ninzya nomi uni ishlab chiqqan Jon Tobias va Ed Boonʼning ismlari teskari oʻqilishidan kelib chiqqan (bu nom topish borasida jamoaning “kreativligiga” yana bir isbot boʻlsa kerak).
Bu yoshi 30 dan oshgan oʻyin haqida qiziqarli maʼlumotlarning bir qismi xolos. Oʻyin yaratilgan 1992-yilda internet boʻlmagan, aniqrogʻi ommaviy foydalanish uchun ochiq boʻlmagan. Internet ommalashgan 2010-yilda Mortal Kombat bir necha seriyalar ishlab chiqilgan, filmlar tariqasida taqdim etilishga ulgurgandi.
Xoʻsh, biz keltirgan maʼlumotlarning qaysilarini bilar edingiz? Yanada qiziqarli va foydali maqolalarni oʻtkazib yubormaslik uchun Telegram kanalimizga obuna boʻlib qoʻying.
*maqola internet materiallari asosida tayyorlandi.