ASUS dunyodagi birinchi 38 dyuymli 4K 144 Gts chastotali oʻyin monitorini chiqarmoqda

ASUS oʻzining birinchi 38 dyuymli 4K oʻyin monitorini taqdim etmoqda. Kompaniya bugun boʻlib oʻtadigan Computex 2023 koʻrgazmasida qurilmani toʻliq namoyish qiladi.

ROG Swift PG38UQ, dunyodagi birinchi 38 dyuymli 144 Gts yangilanish tezligiga ega 4K oʻyin monitori, Adaptive-Sync texnologiyasi, 1ms qayta reaksiyani taʼminlovchi ASUS IPS texnologiyasi, AMD FreeSync Premium Pro, NVIDIA G-Sync va Display HDR 600 koʻrsatkichlari bilan takomillashtirilgan.

Shunisi eʼtiborga loyiqki, yangi monitorda DisplayPort 1.4, HDMI 2.1, USB hub va monitorning tepasida joylashgan uchburchak ulanish mavjud.

Computex 2023 taqdimotining yulduziga aylanishi kutilayotgan PG38UQ chiqariladigan sana yoki narx haqida maʼlumot yoʻq, taxminlarga koʻra, keyingi yildan xaridorlarga yetib borishi mumkin.

PG38UQʼning kristalli tiniq tasvir va displeyning silliqligi oʻyin ishqibozlarini hayratda qoldirishi aniq. Bundan tashqari, geymerlar 38 dyuymli 4K 144 Gts yechimdan juda ham xursand boʻlishi aniq, chunki diagonali 40 dyuymdan ortiq boʻlgan oʻyin monitorlarini odatda geymerlar xohlashmaydi.

Mavzuga oid

Soʻnggi yangiliklar

"iPhone’da suratga olingan" loyihasi Kann festivalida g'plib bo'ldi
Apple kompaniyasining 2014-yildan beri faoliyat olib borayotgan "Shot on iPhone" ("iPhone'da suratga olingan") reklama kampaniyasi Kann Xalqaro Ijodiy Festivalida "Ijodiy Samaradorlik" mukofotiga sazovor bo‘ldi.
Texnologiya
21 iyun, 12:35
Google qidiruv tizimida zaiflik aniqlandi: Apple va Microsoft veb-saytlariga soxta telefon raqamlar kiritilgan
Google reklama platformasidagi zaiflikdan foydalangan firibgarlar Microsoft, Apple, HP va PayPal kabi dunyoga mashhur kompaniyalarning rasmiy veb-saytlariga mijozlarga yordam ko'rsatish raqamlari o'rnida soxta raqamlar joylashtirgan.
Ijtimoiy tarmoqlar
20 iyun, 14:07
Google smart soatlariga zilzila ogohlantirishini qo'shmoqda
Google kompaniyasi Android tizimida ishlaydigan zilzila ogohlantirish funksiyasini kengaytirish rejalari haqida xabar berdi. Endi bu funksiya nafaqat smartfonlar, balki Wear OS smart soatlarida ham ishlaydi.
Lifestyle
13 iyun, 16:42
Android 16: Asosiy Yangiliklar va Xususiyatlar
Android 16 odatdagidan ertaroq chiqadi - 2025-yilning 2-yarim yilida (ehtimol iyun oyida).
Texnologiya
11 iyun, 10:25