Nvidia o‘yinlarda jonli suhbatlar yaratish uchun sun’iy intellektni ishga soldi
Geyming
29 may, 18:17
Nvidia oʻyinlarda NPClar bilan suhbatlar oʻrniga nutqni aniqlash va SI orqali gaplashish texnologiyasini taqdim etdi.

Nvidia Computex 2023 koʻrgazmasida oʻyin qahramonlari oldindan tuzilgan dialogga tayanmasdan, sunʼiy intellekt yordamida gapiradigan texnologiyani namoyish etdi.
NVIDIA Omniverse tomonidan quvvatlangan ACE for Games nutq, suhbat va personajlar animatsiyasi uchun optimallashtirilgan asosiy AI modellarini taklif etadi, jumladan:
- NVIDIA NeMo — Dasturchilarning shaxsiy maʼlumotlar toʻplamiga til modellarini yaratish, sozlash va oʻrnatish uchun. Kattaroq nutq modellari qahramonlarning hikoyalariga moslashtirilishi va NeMo Guardrails bilan “teskari yoki xavfli” suhbatlardan himoyalanishi mumkin.
- NVIDIA Riva — nutqni avtomatik aniqlash va matndan nutqqa oʻtish uchun. Ushbu model real vaqtda oʻyinda tabiiy dialogni yaratadi.
- NVIDIA Omniverse Audio2Face — Unreal Engine 5 uchun Omniverse konnektorlarini oʻz ichiga oladi, bu esa ishlab chiquvchilarga MetaHuman qahramonlariga bevosita yuz animatsiyasini qoʻshish imkonini beradi.
Nvidia Convai bilan yaratilgan demoda geymer oʻz ovozi bilan NPC savollarini soʻraydi.
Oʻyin ovozni taniydi va generativ SI yordamida qahramonning javobini yaratadi.
Ayni damda dialogning sifati tayyorlangan javoblardan unchalik farq qilmaydi. Ammo buni ChatGPT yoki Sudowrite kabi boshqa neyron tarmoq yordamida yaxshilash mumkin.
Mavzuga oid
Soʻnggi yangiliklar

Arzon narxda smartfon: Samsung Galaxy A25 bozorda sezilarli darajada arzonlashdi!
Samsung Galaxy A25 modelini narxidan boshqa yana qanday afzalliklari bor?
Smartfon

Google Tarjimon ilovasiga "Savol berish" funksiyasi qo'shilmoqda
AI yordamida tarjima yangi bosqichga ko'tariladi
AI

Autizmni atigi 1 daqiqada aniqlay oladigan videoo'yin.
Olimlar bolalarda autizm bor-yoʻqligini atigi bir daqiqada aniqlash imkonini beruvchi noyob vosita yaratdilar.
Texnologiya

NASA va SpaceX 7 oy kosmosda qolgan astronavtlarni qaytarish uchun birlashdi
NASA ning 2 astronavti texnik nosozliklar sababli Xalqaro kosmik stansiyada 7 oydan beri yashamoqda. Dastlabki rejalarga ko‘ra, ularning missiyasi 8-10 kun davom etishi kerak edi.
Lifestyle