Bir qadam orqaga: Pavel Durov rossiyalik qashshoqlashgan milliarderlar roʻyxatida yetakchi
Maʼlum boʻlishicha, 2023-yilda Forbes nashrining milliarderlar roʻyxatidagi 110 kishidan faqatgina 13 nafari kamomadga uchragan. Umumiy hisobda 8,5 milliard dollar yoʻqotganlar ichida Pavel Durov 3,6 mlrd dollarga “qashshoqlashib” ilgʻorlik qilmoqda.
Milliarderlarning kamomadga chiqishiga Ukraina-Rossiya mojarolari tufayli qoʻllanilgan sanksiyalar ham sabab boʻlgani aytilgan.
Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durovni muntazam ravishda tanqidiy postlar yozishga majbur qiladigan asosiy raqobatchisi — Meta Platformsʼga tegishli WhatsApp hisoblanadi. 2022-yil fevral oyidan boshlab Metaʼning aksiyalari 21 foizga arzonlashdi. Uning yana bir raqobatchisi — Snapchat messenjeriga egalik qiluvchi Snapʼning aksiyalari esa deyarli uch baravarga qisqarib hozir har bir aksiya uchun 10,7 dollardan sotilmoqda. Tengdosh kompaniyalar kotirovkalarining pasayishi Telegram bahosiga ham taʼsir qildi.
Shu tariqa Durov 2022-yilda Rossiyaning eng boy kishilaridan iborat Forbes reytingida uchinchi oʻrinni egallagan boʻlsa, bu yili “faxrli” oʻninchi oʻrinni egalladi.
Aftidan 2023-yil Telegram asoschisi uchun omadli boshlanmagan ko‘rinadi, oldinroq Pavel Durov 7 avtomobil raqamini 9,5 million dollarga sotib ololmagan edi.